• Mashinaning texnik holati va ishlatish jarayonida uning ozgarishi.
  • Mashinalarning ishonchlilik korsatkichlari.
  • Asbob-uskunalarning uzoq mudat xizmat qilish ko'rsatgichi




    Download 0,51 Mb.
    bet5/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Asbob-uskunalarning uzoq mudat xizmat qilish ko'rsatgichi. Mashinani uzoq muddat ishlatish jarayonida asosan detallari, uzellari va mexanizmlarining yeyilishi, qoldiq deformatsiyalar, sinishi va korroziyasi natijasida uning parametrlari asta-sekin yomonlashib boradi. Texnik holati yomonlashgan mashina uning funktsiyalarini tiklash maqsadida ta'mirlanishi lozim. Mashinaning buzilmasdan uzoq muddat ishlashi birinchi navbatda uning detallari, uzellari va mexanizmlarining ishonchliligi va umrboqiyligi bilan ta'minlanadi.
    Xizmat qilish ko'rsatgichi quyidagi omillarga;
    -detallarini yeilishi;
    -detallarini karroziyaga uchrashi;
    -manaviy eskirishi;
    -ishlab chiqarishni unumdorligini o'zgarishi kabilarga bog'liq. Jixozlarning germetikligi zaxarli, o'yuvchi. Yong'in va portlashdan xavfli moddalarni qayta ishlovchi asbob-uskunalar uchun, texnika xavfsizligi, sanoat ekologiyasi, mexnat muvofaszasi nuqtayi nazaridan qo'yiladigan muhim talabdir.
    Mashinaning texnik holati va ishlatish jarayonida uning o'zgarishi.
    Mashinaning texnik holati uning asosiy parametrlari qiymatlarining yig'indisi bilan xarakterlanadi. Bunga quyidagilar kiradi: unumdorlik, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, iste'mol qilinadigan energiya, buzilmasdan ishlashi, xom-ashyoning tejamli sarflanishi, mexanizmlar va uzellarning aniq ishlashi, yeyilishga chidamliligi, mastahkamligi va h.o. Ishlatish jarayonida bu parametrlarning har biri mashinaning texnik hujjatida ko'rsatilgan chegaralarda bo'lishi kerak (pasport, texnik shartlar va talablar, standartlar va b.).
    Texnologik mashina va jihozlarni texnologik jarayonlarni bajarilish shartiga binoan to'xtab, davriy, to'xtovsiz ishlaydigan turlariga bo'linadi. Ishonchlilikni davriy muddati ana shu texnologik tsikllarga bog'liqdir va mashinalar tarkibini tashkil etuvchi mexanizmlar, uzellar, qurilmalar va detallarni miqdori, konstruktsiyalarni murakkbligiga, texnologik parametrlari soniga, qarab aniqlanadi.
    Mashinalarning ishonchlilik ko'rsatkichlari.

    Fan va texnikaning rivojlanib borishi zamonaviy ishlab chiqarilayotgan mashinalarning sifatiga katta talab qo'ymoqda.


    Mashina sifati deganda qo'llanilishi bo'yicha foydalanish uchun mashina yaroqliligi darajasini aniqlaydigan tarkibiy birikmasi tushuniladi.
    Har bir yangi texnologik jihoz uning sifatini tavsiflaydigan qobiliyatlilik, ishonchlilik va umrboqiylik ko'rsatkichlariga egadir. ishga
    Umrboqiylik deganda mashinaning buzilgunga qadar yoki boshqa chegaraviy holatga kelgunga qadar undan uzluksiz foydalanishga yaroqliligi tushuniladi. Mashinaning ishonchliligi deganda uning berilgan vazifalarni belgilangan ish ko'rsatkichlari qiymatlarini saqlagan holda texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash va tashish tartiboti shartlariga mos kelgan holda bajarish xususiyati tushuniladi.
    Mashinaning ishga qobiliyatliligi deganda uning me'yoriy-texnik hujjatlar,texnik shartlar va standartlarga qo'yilgan talablardagi parametrlarni saqlab qolgan holda topshirilgan funktsiyani to'liq bajarishi tushuniladi. Bu ko'rsatkichlarga, misol qilib mashinaning quvvati, bosh valning aylanish chastotasi, unumdorligi, sifat ko'rsatkichlari va boshqa ko'rsatkichlarini ko'rsatish mumkin.
    Mashinaning nosozligi deganda uning texnik shartlar talablarining birortasiga ham mos kelmaydigan holati tushuniladi. Biroq hamma nosozliklar, ham ishga qobiliyatlilikning yo'qolishiga olib kelmaydi. Masalan, mashinaning bo'yalgan qismidagi bo'yoq zararlansa, mashina nosoz deb hisoblanadi, lekin ishga qobiliyatliligini yo'qotmaydi. Agar nosozlik mashina ish qobiliyatining buzilishini keltirib chiqarsa, unda bu inkor sodir bo'lganligini bildiradi. Inkor deganda mashina yoki mexanizmning ish qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotgan paytidagi holati tushuniladi. Mashinaning bajargan ishi bu uning ishlash davomiyligi yoki hajmi bo'lib, vaqt, uzunlik, mahsulot soni va boshqa birliklarda o'lchanadi.
    Mashinaning texnik shartlarda ko'rsatilgan oxirgi holatga kelgunga qadar bajargan ishi uning resursi deb aytiladi.
    Mashinaninng ta'mirlashga yaroqliligi uning texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash yo'li bilan ishlamaydinlishi hamda nuqsonlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat bo'lgan xususiyatidir.
    Mashina va apparatlarni hisoblash;
    -ish unumdorligini hisoblash;
    -texnologik hissoblash;
    -issiqlik hisoblash;
    -konstruktivlik hisobi;
    -energetik hisoblash.

    Download 0,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asbob-uskunalarning uzoq mudat xizmat qilish ko'rsatgichi

    Download 0,51 Mb.