|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 11/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariNazorat savollari.
1.Konstruksion materiallar nima.
2.Konstruksion materiallarni tanlashda ularning qanday xossalari hisobga olinadi.
3.Materiallar asosiy xususiyatlari.
4.Sanoatda qo'llaniladigan metallar.
5.Rangli metallarning tavsifi.
6.Qora metallar.
7.Metallarning tavsifi.
8.Konstruksion materialga qo'yiladigan talablar.
9.Metallarni tag'malanishi(markirovkasi).
10.Qotishmalar.
4-MA'RUZA
NOORGANIK VA ORGANIK ASOSDAGI KONSTRUKSION
MATERIALLAR.
Reja
1.Nometal konstruksion materiallar.
2. Noorganik nometal materiallar.
3.Organik nometal materiallar.
4. O'tga chidamli va issiqlikni himoyalovchi materiallar.
5.Metal va qotishmalarning himoya qilish usullari.
Tayanch so'zlar: konstruksion material; nometal; noorganik; organic; o'tga chidamli issiqlikga chidamli; chinni; -asbest; -emal;- diabaz;-sopol;-shisha;rezina; lak;bo'yoq.
Nometal konstruksion materiallar kelib chiqishiga qarab noorganik va organik nometal materiallarga bo'linadi.
Noorganik nometal konstruksion materiallarga
- chinni;
-asbest;
-emal;
- diabaz;
-sopol;
-shisha kiradi. Ularning ko'pchiligi o'ta toza moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan jixozlarni yasashda ishlatiladi.
Dibaz- kremniy va al'yuminiy oksidlaridan tashkil topgan tog' jinisi bo'lib mineral kislotalar ta'siriga va issiqlikga chidamli.
Asbest-asosan magniy gidrosilikatlardan tashkil topgan ingichka tolali material. U ishqor va kislota ta'siriga chidamli. Kam issiqlik o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Undan izilasiya materiali va filtrlovchi materiallar tayyorlanadi.
Sopol- kremniy va al/yuminiy oksidlaridan tashkil topgan. Mineral kislotalar tasiriga chidamli. Sopolni mexanik mustaxkamligi past va u mo'rt material. Sopolni g'ovakligi yuqori, shu sababdan ham sopoldan yasalgan buyumlar ishidan va sirtidan sir bilan qoplanadi.
|
| |