• 9-rasm. Yopiq nutch filtr sxemasi: 1- korpus; 2- bug‘ g‘ilofi; 3 -halqasimon to‘siq; 4- sferik qopqoq; 5- filtrlovchi material; 6- tayanch panjara; 7- himoya to‘ri, 8- luyuk; 9- himoya klapani
  • 10-rasm. Ramali filtr press sxemasi: 1- tayanch-plita; 2- rama; 3- plita; 4- filtrlovchi material; 5- qo‘zg‘aluvchi plita; 6- yo‘naltiruvchi o‘q; 7- vint; 8- tayanch; 9- filtrat yig‘ish idishi.
  • -rasm. Ochiq nutch filtr sxemasi: 1- korpus; 2- suspenziya; 3- filtrlovchi material qatlami; 4- panjara; 5- filtrat patrubkasi




    Download 0,51 Mb.
    bet45/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    8-rasm. Ochiq nutch filtr sxemasi: 1- korpus; 2- suspenziya; 3- filtrlovchi material qatlami; 4- panjara; 5- filtrat patrubkasi.
    Jarayon tugagach, qurilma ma’lum bir vaqt vakuum ostida qolishi sababli cho‘kma qatlamining suvsizlanishi kuzatiladi. Qurilmadagi cho‘kma qo‘l kuchi bilan tozalanadi. Zaruriy hollarda nutch-filtr toza suyuqlik bilan to‘ldirilib, cho‘kma yuviladi.
    Jarayonni harakatga keltiruvchi kuch qiymati P<75 kPa.
    Yopiq nutch-filtr (9-rasm) 0.3 MPa gacha bo‘lgan bosimlar ostida ishlashi mumkin. Nutch korpusiga 1 g‘ilof 2 payvand qilingan.
    Qurilma korpusining yuqori qismida joylashgan qopqoq 8 maxsus boltlar yordamida zichlab yopiladi. Qurilmaning tubidagi sferik qopqoq 4 alohida o‘qqa o‘rnatilgan bo‘lib, ochilgandan so‘ng vertikal yo‘nalishda (yuqoriga va pastga) surilishi yoki korpusga 1 nisbatan ma’lum bir burchakka burilib, chetga surilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida qurilmadan cho‘kma tushirilishini osonlashtiradi. Qurilmaning silindrik korpusi tubiga tayanch panjara 6 o‘rnatilgan bo‘lib, unga filtrlovchi material (karton, belting) to‘shaladi. Ayrim hollarda filtr-to‘siq sifatida tabiiy va sintetik tola qatlamidan foydalaniladi. Bu paytda himoya setkasi 7 ishlatiladi. Filtrlovchi material ustiga o‘rnatilgan halqasimon to‘siq 3 cho‘kma qatlamini tushirish paytida uni vaqtincha ushlab turadi.


    9-rasm. Yopiq nutch filtr sxemasi: 1- korpus; 2- bug‘ g‘ilofi; 3 -halqasimon to‘siq; 4- sferik qopqoq; 5- filtrlovchi material; 6- tayanch panjara; 7- himoya to‘ri, 8- luyuk; 9- himoya klapani.

    Qurilmaga suspenziya, filtrat va siqilgan havo uchun patrubkalar hamda himoya klapani 9 o‘rnatiladi. Qurilma g‘ilofiga odatda suv bug‘i beriladi. Bu paytda harorat I ko‘tarilgan suyuqlikni qovushqoqligi kamayib, filtrning ish unumdorligi ortadi.


    Nutch-filtming ish sikli qurilmani suspenziya bilan to‘ldirish, siqilgan havo bosimi ostida filtrlash, cho‘kmani suvsizlantirish, filtrni yuvish uchun uni toza suyuqlik bilan to‘ldirish, cho‘kmani yuvish, cho‘kmani suvsizlantirish, cho‘kmani tushirish va filtr-to‘siqni regeneratsiya qilish bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
    Filtrda amalga oshiriladigan jarayonni harakatlantiruvchi kuch qiymati katta, ammo cho‘kma qo‘l kuchi bilan tushiriladi. Nutch-filtrning ayrim konstruksiyalari cho‘kmani tushiruvchi parraklar bilan ta’minlanadi. Parraklar filtrni yuvish jarayonlarini ham tezlashtiradi.
    Filtr-presslar (10-rasm) davriy ishlovchi qurilmalar guruhiga kiradi. Ularning tuzilishi sodda va yuqori bosimlar (0,3 0,5 MPa) ostida ishlatish mumkin bo‘lganligi uchun sanoat korxonalarida keng tarqalgan.
    Qurilma tayanch 1 va qo‘zg‘aluvchi 5 plitalar, rama 2 va drenaj plitalari 3 ikkita gorizontal o‘q 6 va zichlovchi mexanizmdan iborat bo‘ladi.
    Qurilmaning filtrlovchi bloki rama, drenaj plitasi va ular oralig‘iga salfetka shaklida joylashtiriladigan filtrlovchi material 4 (belting, karton) komplektidan iborat bo‘ladi. Rama va plitalar maxsus quloqchalar yordamida yo‘naltiruvchi o‘qlarga osilgan holatda, tayanch va qo‘zg‘aluvchi plita oralig‘ida yig‘iladi.
    Qo‘zg‘aluvchan plitaga 5 vint 7 biriktirilgan. Vint vositasida plita va ramalar mexanik, gidravlik yoki elektromexanik moslamalar yordamida tayanch plita yuzasiga jipslanib siqiladi. Shu tariqa qurilmaning germetikligi ta’minlanadi.
    Tayanch plitaga suspenziya, yuvuvchi suyuqlik va siqilgan havo berish patrubkalari joylashtirilgan. Filtrlovchi qurilma metall asosga 8 o‘rnatiladi.


    10-rasm. Ramali filtr press sxemasi: 1- tayanch-plita; 2- rama; 3- plita; 4- filtrlovchi material; 5- qo‘zg‘aluvchi plita; 6- yo‘naltiruvchi o‘q; 7- vint; 8- tayanch; 9- filtrat yig‘ish idishi.

    Filtrlovchi rama va plitalarning o‘lchamlari 315x315, 630x630, 820x820 va 1000x1000 mm bo‘lib, cho‘yan, korroziyaga barqaror po‘lat, alyuminiy qotishmalari va boshqa materiallardan tayyorlanadi.


    Har bir plita va ramada suspenziya va yuvuvchi suyuqlik kiritiladigan kanallar mavjud (10-rasm). Plitalarning har ikkala tomoni yuzasida vertikal drenaj kanallari 6 (ariqchalar) o‘yilgan bo‘ladi. Bu kanallar filtrlovchi materialni 5 plita yuzasiga yopishib qolmasligining oldini oladi va filtratni plita yuzasi bo‘ylab oqib tushishini ta’minlaydi. Ichi bo‘sh rama ikki ta qo‘shni plitalar orasiga joylashtirilishi tufayli cho‘kma yig‘uvchi kamera 4 hosil bo‘ladi.
    Plita va ramalardagi 1,2 teshiklar o‘qi va o‘lchami bir xilda bo‘lganligi uchun ular qurilma yig‘ilganda o‘zaro jipslashib, yaxlit kanallar hosil qiladi. Ushbu kanallar bo‘ylab suspenziya, filtrat yoki yuvuvchi suyuqlik belgilangan tartibda harakatlanadi.
    Filtrlash bosqichida suspenziya 1 va 3 kanallar orqali rama ichidagi kameraga 4 bosim ostida haydaladi. Bu yerda suyuqlik filtrlovchi material 5 orqali o‘tib, ariqchalar 6 bo‘ylab pastga, 7 va 8 kanallarga oqib tushadi. Filtrat ushbu bosqichda ochiq bo‘lgan kran orqali qurilmadan chiqariladi.
    10-rasm. Filtr-press sxemasi: a- plita; b- rama; v- filtrlovchi blok; 1- plita va ramalardagi teshiklar (yig‘ilganda suspenziya kanalini hosil qiladi); 2- plita va ramalardagi teshiklar (yig‘ilganda yuvuvchi suyuqlik kanali hosil qiladi); 3- ramalardagi suspenziya kanali; 4- ramaning ichki bo‘shlig‘i (cho‘kma kamerasi); 5- filtrlovchi material; 6- drenaj kanali (ariqcha); 7- plitadagi filtratni chiqarish kanali; 8- plitadagi filtrat yoki yuvuvchi suyuqlikni yig‘ish kanallari; 9- filtrat yoki yuvuvchi suyuqlik tarmog‘idagi kranlar.

    Ishchi kamera 4 cho‘kma bilan to‘lgandan so‘ng, qurilmaga suspenziya berish to‘xtatiladi va cho‘kmani toza suyuqlik bilan yuvishga kirishiladi. Yuvuvchi suyuqlik kanal 2 bo‘yicha o‘tib, cho‘kma va filtrlovchi materialni yuvadi va kran 9 orqali qurilmadan chiqariladi. Yuvish jarayoni tugashi bilan, suyuqlik qoldig‘ini chiqarib tashlash maqsadida, ushbu trakt bo‘yicha siqilgan havo yuboriladi. Shundan so‘ng plita va ramalarning orasi ochilib, cho‘kma filtr - press tubidagi idishga tushiriladi. Shunday qilib, filtr-pressning ishchi sikl quyidagi asosiy va yordamchi operatsiyadan iborat bo‘ladi:


    fitrni yig‘ib ishga tayyorlash, suspenziyani filtrlash, cho‘kmani yuvish, rama va plitalarni ajratish, filtrlovchi material yuzasidan cho‘kmani tushirish.
    Qumli filtrlar (11-rasm) suv,filtrlash bosimi R=0,05MPa. Ifloslanish darajasiga ko‘ra davriy ravishda yuvib turiladi. Buning uchun yuvuvchi toza suyuqlik filtrat yo‘nalishiga teskari bo‘lgan yo‘nalishda qurilmaga haydaladi.



    Download 0,51 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ochiq nutch filtr sxemasi: 1- korpus; 2- suspenziya; 3- filtrlovchi material qatlami; 4- panjara; 5- filtrat patrubkasi

    Download 0,51 Mb.