|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 44/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariFiltrlovchi qurilmalar
Filtrlovchi qurilmalari ishlash prinsipi, ishchi muhit va filtrlovchi materialning turlari hamda ishchi bosim qiymatiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi.
Ish rejimiga ko‘ra davriy va uzluksiz ishlovchi filtrlar mavjud. Davriy va uzluksiz rejimda ishlovchi filtrlarda jarayon cho‘kma hosil qilish yo‘li bilan olib boriladi. Filtrlovchi material g‘ovaklarini to‘ldirish usulida o‘tkaziladigan jarayonlar faqat davriy ishlovchi qurilmalardagina amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarda mavjud filtrlash usullarining barchasini ham amalga oshirish mumkin.
Uzluksiz ishlovchi filtrlarda jarayon bosimlar farqi o‘zgarmas bo‘lgan rejimlarda olib boriladi. Bosimlar farqini hosil qilish usuliga ko‘ra vakuum-filtrlar va bosim ostida ishlovchi filtrlar mavjud.
Filtrlardagi ishchi bosim suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi, nasos yoki kompressor bosimi, vakuum va markazdan qochma kuch ta’sirlari tufayli hosil qilinishi mumkin. Texnologik maqsadlarga ko‘ra suyuqliklarni va gazlarni tozalovchi filtrlar mavjud. Barcha turdagi filtrlovchi qurilmalarda filtrlash yuzasi harakatsiz (sochiluvchan donador material qatlamli, to‘qima materialli, ramali va kamerali) va qo‘zg‘aluvchan (lentali, diskli va barabanli) bo‘lishi mumkin. Harakatlanuvchi ishchi yuzaga ega bo‘lgan filtrlar uzluksiz ishlaydi, qo‘zg‘almas yuzali filtrlar esa davriy rejimda ishlaydi.
Davriy ishlovchi qurilmalarda cho‘kma jarayon tugallangandan so‘ng, uzluksiz ishlovchi filtrlarda esa qurilmani to‘xtatmay (zaruriy hollarda) tushiriladi.
Quyida sanoat korxonalarida keng tarqalgan filtrlarning ayrim turlarini tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishib chiqamiz.
Nutch- filtr eng oddiy tuzilishga ega bo‘lgan davriy ishlovchi qurilma bo‘lib, vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlashi mumkin.
8-rasmda vakuum ostida ishlovchi nutch-filtr sxemasi tasvirlangan. Filtr ochiq rezervuar 1 shaklida ishlangan. Filtrning quyi qismida filtrlovchi materialni tutib turuvchi panjara 4 o‘rnatilgan. Qurilmaning yuqori qismidan unga suspenziya quyiladi. Panjaraning ostki qismidagi bo‘shliqda esa vakuum hosil qilinadi.
Bosimlar farqi ta’sirida suspenziyaning suyuqlik fazasi filtrlovchi to‘siq 3 orqali sizib o‘tib, qurilmaning tubida joylashgan patrubka 5 orqali filtrat sifatida ajratib olinadi. Qattiq faza filtrlovchi material yuzasida yig‘ilib, cho‘kma qatlami hosil qiladi.
|
| |