• Jarayonning harakatlantiruvchi kuchi va tezligi
  • -rasm.Filtrlash jarayoni sxemasi: 1-korpus; 2- suspenziya qatlami; 3-cho‘kma qatlami; 4- filtrlovchi material; 5-filtrat




    Download 0,51 Mb.
    bet43/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    7-rasm.Filtrlash jarayoni sxemasi: 1-korpus; 2- suspenziya qatlami; 3-cho‘kma qatlami; 4- filtrlovchi material; 5-filtrat.
    Filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini filtr-to‘siqdan oldingi va undan keyingi bosimlar farqi bajaradi. Markazdan qochma kuch maydonida filtrlash jarayonida esa bu kuch suyuqlikning filtrlovchi yuzaga ko‘rsatadigan bosimi tufayli yuzaga keladi.
    Jarayonni harakatlantiruvchi kuchning turiga ko‘ra bosim (bosimlar farqi) ostida filtrlash va markazdan qochma kuchlar maydonida filtrlash (sentrifugalash) usullari mavjud.
    Filtr to‘siqning har ikkala tomonidagi bosimlar farqi sanoat korxonalarida quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:
    - filtr-to‘siq yuzasiga ko‘rsatiladigan ortiqcha bosim hosil qilish;
    - suspenziya ustunining massasidan foydalanish ( R ≤0.05 MPa);
    - filtr-to‘siq ostida siyraklanish hosil qilish ( R ≤0.05 0.09 MPa);
    -filtrlanuvchi suyuqlikni markazdan qochma tipdagi nasoslar yordamida qurilmaga haydash ( R≤0.5 MPa);
    - filtrlanuvchi suyuqlik sathiga siqilgan havo berish ( R ≤0.05 0.3 MPa).

    Filtrlash jarayoni uch xil rejimda olib boriladi:


    - doimiy o‘zgarmas bosimlar farqi bilan ( R=const) filtrlash;
    - doimiy filtrlash tezligi bilan (dV/d =const) filtrlash;
    - bosimlar farqi va filtrlash tezligi bir vaqtning o‘zida o‘zgarib turuvchi holatda filtrlash.
    Filtrlash jarayoni turli xil suyuqliklarni tozalash yoki ular tarkibidan tayyor mahsulotni ajratib olish maqsadida amalga oshiriladi.
    Suspenziya va eritmalarni tozalash maqsadida fil'trlash paytida ula rtarkibidan yot chiqitlar ajratib olinadi.
    Jarayonning harakatlantiruvchi kuchi va tezligi
    =dV/Fd . (2-1)
    F- vaqt birligi d ichida o‘tgan suyuqlik (filtrat) hajmi dV - filtrlash tezligi- (m³/m2s, m/s) deyiladi.
    Filtrlovchi material va cho‘kma g‘ovaklarining o‘lchami o‘ta kichikligi hamda suyuqlikni g‘ovaklar orqali o‘tish tezligi kichik bo‘lganligi uchun filtrlash jarayoni asosan laminar rejimda amalga oshiriladi. Bu paytda jarayon tezligi filtr to‘siqning har ikkala tomonidagi bosimlar farqiga R to‘g‘ri, suyuqlikni qovushqoqligi- , cho‘kma va filtrlovchi materialning gidravlik qarshiliklariga (Rch, Rf.m) esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi.
    ) (2-2)
    (2-1) va (2-2) tenglamalarni o‘zaro tenglashtirsak, filtrlash jarayonining asosiy differensial tenglamasiga ega bo‘lamiz.
    dV/Fd = ) (2-3)
    Filtratni material g‘ovaklari bo‘ylab o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi gidravlik qarshilik P (Pa) Gagen-Puazeyl tenglamasi bo‘yicha aniqlanadi.
    =32 /d2, (2-4)
    bu yerda – bosimlar farqi, Pa; L- cho‘kma va filtr - to‘siq kanallarining uzunligi,m; μ- filtratning qovushqoqligi, Pa, s; - kanallardagi filtrat tezligi, m/s; d- kanallarning diametri, m.
    Amaliy jihatdan filtrlovchi to‘siqning gidravlik qarshiligi deyarli o‘zgarmaydi. Rf.m= const. Cho‘kmaning gidravlik qarshiligi jarayon boshlanishidan oldin nolga teng ( =0, Rch=0), jarayon yakunida esa maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Jarayon yuqori bosimlar farqi ostida kechishi sababli, cho‘kma hosil bo‘lishiga og‘irlik kuchi ostida cho‘kishning ta’siri hisobga olinmaydi. Shuning uchun cho‘kma hajmi Vch filtrat hajmiga Vf to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi:
    Vch =XoVf, (2-5)
    bu yerda xo-suspenziyadagi qattiq faza konsentratsiyasi va cho‘kmaning strukturasidan bog‘liq bo‘lgan mutanosiblik koeffitsiyenti.
    xo qiymati tajribalar asosida aniqlanadi va 1m3 filtrat yig‘ib olish paytida hosil bo‘lgan cho‘kma hajmi deb talqin etiladi.
    Filtr-to‘siq yuzasida hosil bo‘lgan hch balandlikdagi cho‘kma qatlamining hajmi quyidagicha ifodalanadi:
    Vch =hchF (2-6)
    U holda, (2-5) va (2-6) tenglamalarni tenglashtirish asosida, cho‘kma qatlamining balandligini aniqlaymiz:
    hch=xoV/F (2-7)
    Cho‘kma qatlamining suyuqlik oqimiga ko‘rsatadigan qarshiligi quyidagicha ifodalanadi:
    Rch=rohch (2-8)
    bu yerda ro- cho‘kma qatlamining hajm jihatidan olingan solishtirma qarshiligi, m². (2-7) tenglamadagi hch ifodasini (2-8) tenglamaga kiritsak, cho‘kma qatlami qarshiligining filtrat hajmiga bog‘liqligini ifodalovchi tenglamaga ega bo‘lamiz.
    Rch=roxoV/F (2-9)
    Rch yakuniy ifodasini (2-9) hisobga olib, jarayonning differentsial tenglamasini (2-3)
    quyidagicha yozish mumkin:
    dV/Fd = /[ (roxoV/F+Rf.m)] (2-10)
    Ushbu differensial tenglamani yechish asosida jarayonning bir qator xususiy holatlari uchun filtrlash tenglamalarini keltirib chiqarish mumkin bo‘ladi.

    Download 0,51 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.Filtrlash jarayoni sxemasi: 1-korpus; 2- suspenziya qatlami; 3-cho‘kma qatlami; 4- filtrlovchi material; 5-filtrat

    Download 0,51 Mb.