|
Ajratish jarayonlarining moddiy balansi
|
bet | 39/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariAjratish jarayonlarining moddiy balansi
Turli jinslisi stemalarni ajratish jarayonlarining moddiy balansi tenglamalarini
va cho‘kmaning keltirib chiqarish uchun quyidagi belgilashlarni qabul qilamiz:
Gsp, Gt, va Gch dastlabki aralashma (suspenziya), tindirilgan (tozalangan) suyuqlik va cho‘kmaning massaviy sarflari,
kg/sek; xsp, xt va xch- dispers (qattiq) fazani suspenziyadagi, tozalangan suyuqlikdagi va cho‘kmadagi konsentratsiyasi (massaviy ulushi), %.
Moddalar yo‘qotilishini hisobga olmagan holda, ajratish jarayonining moddiy
balansi tenglamalari quyidagicha yoziladi:
-umumiy holda, barcha moddalar uchun
Gsp = Gt, + Gch; (1-1)
-dispers faza bo‘yicha
Gsp xsp = Gtxt+ Gch xch. (1-2)
Suspenziya sarfi va zarrachalar konsentratsiyasining, xsp, va xtva xch qiymatlari oldindan ma’lum bo‘lsa, u holda tozalangan suyuqlik sarfi
Gt = Gsp (xch- xsp) / ( xch - xt) (1-3)
va cho‘kma miqdori
Gch = Gsp(xsp- xt) / (xch- xt) (1-4)
aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan tenglamalar cho‘ktirish va filtrlash jarayonlarining barcha turlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Ayrim holatlarda, hisoblash jarayonida hajmiy sarf V (m³/sek) va hajmiy ulushlarda ifodalangan konsentratsiyalardan a (m³/m³) foydalaniladi. Bu paytda kattaliklar qiymatlarini bir o‘lchov sistemasidan ikkinchisiga o‘tkazish uchun geterogen aralashmaning shartli zichligi tushunchasi kiritiladi:
ρar = +(1- ) ρ=[ xt/ ]-1, (1-5)
bu yerda p- suyuqlik (yoki gaz) muhitining zichligi; - dispers (qattiq zarracha) fazaning zichligi; va xt -dispers fazaning hajmiy va massaviy ulushlarda ifodalangan konsentratsiyalari.
Turli jinsli sistemani ajratish usullarining samaradorligi gazni yoki suyuqlikni tozalanish darajasi η (%) bilan baholanadi
η=(S1-S2)100/S1, (1-6)
bu yerda Sı va S₂-gaz yoki suyuqlik tarkibidagi dispers zarrachalarni ajratish jarayoniga qadar (S₁) va ajratilgandan keyingi (S2) konsentratsiyalari.
|
| |