1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




Download 0,51 Mb.
bet36/53
Sana14.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#232891
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
Korxona jihozlari

12-rasm. Luklar va darcha:
a-tiqin ko‘rinishida; b-qaytarma boltlar; v- tez-tez ochish uchun siquv vinti; g- har zamonda ochishda; g-osma qopqoq
Silindrsimon gardishda mahkamlamasdan qoldirish mumkin bo‘lgan teshikning eng katta diametri ushbu formulaga binoan aniqlanadi:
(6.27)
bu yerda: K – gardishning mustahkamlik koeffitsienti bo‘lib, u
ga teng.
Ellipssimon tagliklar ishlash sharoiti silindrsimon gardishlarnikiga qaraganda yaxshiroq, shuning uchun ularda ayni bir xil sharoitda silindirsimon gardishlardagiga ko‘ra ko‘proq kattaroq diametrli mahkamlanmagan teshiklar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Kuzatish darchasi (11-rasm) jarayonning ketishini, quvurlarning ifloslanishini va boshqalarni kuzatib borishga xizmat qiladi. Ularning diametri odatda 5 dan 150 mm gacha bo‘ladi. Ularni qarama-qarshi tomonlarga asosan bobishkalarga o‘rnatiladi. Ulardan bittasiga yoritgich o‘rnatiladi. Standart kuzatuv darchalariga 0,6MPa bosimga va 150°C gacha haroratga hisoblangan qalin illyuminator shisha oynalar qo‘yiladi. Oynalarni yuvish uchun vaqti-vaqti bilan (patrubok) o‘rnatiladi. Apparatdagi suyuqlikning sathini kuzatib turish uchun shisha o‘lchagichlar qo‘yiladi.
Luklar (12-rasm) apparatni kuzatish, montaj qilish, demontaj qilish, apparat ichiga o‘rnatilgan moslamalarni ta’mirlash,xomashyo solish va apparatni tozalash uchun mo‘ljallangan. Ular normallashtirilgan. Lyuklar quyidagi diametrlarda tayyorlanadi: 150, 250, 400, 500, 600, 800 mm.
Apparatlarning ishlash sharoitiga qarab lyuk va tuynuklar turli xil konstruksiyada yasaladi. Tez-tez ochib turiladigan qopqoqlar qaytarma boltli qilib yasaladi. Kam ochiladiganlariga tiqin qo‘yiladi.
Qopqoqlarni zichlash siqib turuvchi muruvvatlar yordamida amalga oshiriladi. Luklar yotiq, qiya va tik tekisliklarda o‘rnatilishi mumkin. Oxirgi holatda qopqoqni osib qo‘yilishini ta’minlash zarur.
Tirgaklar apparatlarni poydevorga va ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarga o‘rnatishga xizmat qiladi.
Ular qurilmaning konstruksiyasi yuklamasi va o‘rnatilish usuliga koʻra tanlanadi. Vertikal apparatlarni polga yoki poydevorga o‘rnatish uchun tirgak panjalar ularni to‘sinlar oralig‘iga osib quyish uchun esa-yon tirgaklar qo‘llanadi.
Panja tiralib turadigan maydon tirgak konstruksiyasiga tushadigan maksimal bosimdan kelib chiqib aniqlanadi:
(6.27)
bu yerda: futerovkani, issiqlikdan muhofazasini, uzatish quvurlari va mahsulot massasini hisobga olgan holdagi massasi, kg; m-panjalarsoni: -solishtirma bosim.
Yotiq apparatlar egarsimon tirgaklarga oʻrnatiladi, ular apparatni aylanma bo‘ylab kamida 120°C gacha qismini qamrab oladi.

Download 0,51 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Download 0,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

Download 0,51 Mb.