• Tayanch so‘zlar
  • -MA’RUZA. Suyuqliklarni aralashtirish




    Download 0,51 Mb.
    bet37/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    9-MA’RUZA. Suyuqliklarni aralashtirish
    Reja:
    1.Suyuqlik muhitlarida aralashtirish usullari
    2.Parrakli aralashtirish usuli
    3.Properlerli aralashtirish usuli
    4.Trubinali aralashtirish usuli
    5.Qisilgan havo yordamida aralashtirish usuli
    6. Aralashtirgichlarda energiya sarfi
    Tayanch so‘zlar: aralashtirish, mexanik aralashtirish; pnevmatik aralashtirish; aralashtirish reaktori, oqimda aralashtirish; aralashtirishda energiya sarfi.
    Sanoatda shunday jarayonlar bo‘ladiki, bu jarayonlarda bir jinsli gomogen sistemalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Ana shunday hollarda aralashtirish qo‘llaniladi. Aralashtirish jarayonida qatnashayotgan faza turiga qarab 2 guruhga suyuqlik muhitlarida aralashtirish hamda qattiq va pastasimon moddalarni aralashtirishga bo‘linadi. Qattiq va pastasimon moddalarni aralashtirish mexanik jarayon hisoblanadi, biz uni keyingi ma’ruzalarda ko‘rib chiqamiz. Suyuqlik muhitlarida aralashtirish qattiq jism+suyuqlik, suyuqlik+suyuqlik va gaz suyuqlik gomogen sistemalarini olish uchun issiqlik va modda almashinuv jarayonlarini tezlatish uchun hamda kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Suyuqlik muhitlarida aralashtirish asosan 2 xil yo‘l bilan olib boriladi.
    1. Mexanik usulda aralashtirish;
    2.Qisilgan havo yordamida aralashtirish (pnevmatik usul)
    Kimyoviy ishlab chiqarishlarida ishlatilayotgan aralashtirgichlar asosan uch gruppaga bo‘linadi:
    1.Parrakli;
    2.Propellerli;
    3.Turbinali.
    Parrakli aralashtirgichlar oddiy konstruksiyaga ega bo‘lib, minutiga 400 marta aylanadi. Odatda ular 20-80 marta minutiga aylanish qiladi. Bir parrakli aralashtirgichlar qovushqoqligi 0,1 N s/m² gacha bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun qo‘llaniladi. Qovushqoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ko‘p parrakli aralashtirgichlar ishlatiladi.
    Parrakli aralashtirgichlarning diametri qurilma diametrining 0,66-0,9 qismini tashkil qiladi. Cho‘kma ajratuvchi sistemalarni ajiratish uchun yakorli aralashtirgichlar ishlatiladi.
    Propellerli aralashtirgichlarning asosiy ish organi propeller (yoki vint) dir. O‘q gorizontal, vertikal yoki qiya o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Vintlar ikki yoki uch qanotli bo‘ladi. Qanotlar suyuqlikda xuddi vint kabi harakat qiladi. Propellerni o‘rab olgan suyuqlik esa xuddi gayka kabi aralashtirgichning o‘qi yo‘nalishida harakat qiladi. Propellerli aralashtirgichlar muhitlarni yaxshi aralashtirganda katta tezlikda aylanadi. Propellerning diametri qurilma diametrining 0,25 -0,3 qismini tashkil qiladi. Aylanishlar soni esa minutiga 15-1000 gacha bo‘ladi.



    Download 0,51 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA. Suyuqliklarni aralashtirish

    Download 0,51 Mb.