|
Apparatlarga xizmat ko‘rsatish tekshiruvdan o‘tkazish va o‘rnatish uchun moslamalar
|
bet | 35/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariApparatlarga xizmat ko‘rsatish tekshiruvdan o‘tkazish va o‘rnatish uchun moslamalar
10-rasm. Quyiladigan shtutserlami payvandlash:a- tubiga; b- obechaykaga
Shtutserlar flanets va boshqa moslamalarni apparatga ulash uchun ishlatiladi. Muhofazalangan apparatlar uchun shtutserlar uzaytirib yasaladi va uzunlik anchagina bo‘lganda ularni bo‘ylama qattiq qobirg‘alar yordamida mahkamlanadi. (10- rasm). Shtutserlar apparatga turlicha payvandlanadi. Quyma yasaladigan apparatlarda ular shtutser bilan birgalikda quyiladi. Isitish zarur bo‘lgan hollarda shtutserlar ko‘ylak bilan ta’minlanadi. Apparatdan suyuqlik to‘kishga mo‘ljallangan shtutserlar asosan uning tubida joylashadi, bu suyuqlikning to‘la chiqarib yuborilishini ta’minlaydi. Ba’zida qayrilma shtutserlardan foydalaniladi (11-rasm).
11-rasm. Teshiklarni mustahkamlash usullari: a- yassi halqalar; b- vtulka; v- yo‘g‘onlashtirilgan shtutser
12-rasm. Kuzatish oynasi
Bobishkalar- bu apparat korpusiga bevosita payvandlangan flanetslardir. Bobishkalarga shpilkalar yordamida quvur uzatgichlar ulanadi. Bobishkalar nazorat- o‘lchov priborlari va boshqa qurilmalami o‘rnatish uchun va shtutserlar o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Ularning tuzilishi turli-tuman bo‘lib, o‘lchamlari katta bo‘lgan bobishkalar uglerodli po‘latdan, muhofaza nakladkasi (qobig‘i) esa kislotabardosh po‘latdan yasaladi.
Mis va aluminiydan yasalgan apparatlarda, rangli metall bilan qoplanib muhofazalangan po‘lat bobishkalar ishlatiladi.
Shtutser va bobishkalarni o‘rnatish uchun gardishlar, qopqoqlar va tagliklarda teshiklar ochiladi. Ular taglik va gardishlar devorlari mustahkamligini ancha bo‘shashtiradi. Ellipssimon tagliklarda teshiklarni joylashtirishda Davlat texnika xavfsizligini nazoratining quyidagi talablarini hisobga olish zarur:
a) teshik chetidan taglik chetigacha bo‘lgan masofa (proeksiyada o‘lchanadi) 0,1 D tadan kam bo‘lmasligi kerak;
b) ikkita qo‘shni teshik orasidagi masofa kichik teshik diametridan kam bo‘lmasligi kerak;
d) teshiklar taglikning yon devor qismida joylashmasligi kerak;
e) bir nechta shtutserni bitta yasovchi chiziqqa joylashtirish tavsiya etilmaydi;
f) apparat diametri 1500 mm dan kam bo‘lganda ellipssimon taglikdagi teshik diametrining ½ dan kam bo‘lmasligi, diametr 1500 mm dan katta bo‘lganda esa diametming 1/3 dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Gardishlarning teshiklar tufayli bo‘shashishi mahkamlovchi halqa payvandlash yo‘li bilan kompensatsiyalanadi (10-rasm). Hamma teshiklarni ham mahkamlashga hojat yo‘q.
|
| |