|
-rasm. Flanetslarni ajraladigan turlari: a- bo‘laklarga bo‘linadigan; b-halqaga bo‘linadigan; v-joylanadigan halqa
|
bet | 32/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlari2-rasm. Flanetslarni ajraladigan turlari: a- bo‘laklarga bo‘linadigan; b-halqaga bo‘linadigan; v-joylanadigan halqa.
Biriktirish usuli (shtutser yoki korpus bilan) va tuzilishiga ko‘ra flanetslar yassi payvandlangan, asosida yo‘g‘onlashgan («bo‘yin» li), yon devori tomonida va uyumda (burt) erkin turlarga ajratiladi (2-rasm).
Tuzilish jihatidan yassi flanetslar eng oddiydir. Ular 20 MPa bosimgacha ishlatiladi. Yassi flanetslarning asosiy kamchiligi asos tomonida uncha bikrlikka ega emasligidir. Bu flanetslar yassi taqaluvchi yuzaga ega, yuzasi “do‘ng namgak” va “ship-paz” ko‘rinishda bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan flanets bu «bo‘yinli» flanetslar bo‘lib, ular tutash payvandlangan bo‘ladi. Ular metall qistirmalar bilan ham qo‘llanadi. Rangli metallardan yasalib, otbortovka qilinadigan apparatlarda otbortovkali flanetslar qo‘llanadi. Sopol, shisha va plastmassadan yasalgan va egilish deformatsiyasiga bo‘y bermaydigan apparat va quvurlarni biriktirish uchun hamda payvandlash mumkin bo‘lmagan hollarda va legirlangan po‘lat va rangli metallarni (masalan, cho‘yandan, yuqori legirlangan va uglerodli po‘latdan yasalgan tarmoqlangan qisqa quvur patrubok) tejash maqsadida uyumli (butli) flanetsdan foydalaniladi. Payvandlash mumkin bo‘lmagan yuqori bosim ostida ishlaydigan quvurlarda rezbali flanetslar ishlatiladi.
Quvur va uzatish quvurlarida armaturani ulash uchun ishlatiladigan flanetslar apparatlar qismlarini ulash uchun ishlatiladiganlardan ko‘ra kattaroq o‘lchamga ega bo‘ladi; zero ular og‘irroq sharoitlarda (harorat o‘zgarib turishi, quvur uzatgichlar katta yuklama massasi ta’sirida) ishlaydilar. Shuning uchun ularni loyihalashtirishda dastlabki ma’lumot sifatida quvur devorining eng katta qalinligi qabul qilinadi. Apparatlarning diametri 400 mm va undan yuqori qismlarini biriktirish uchun apparatura flanetslari 400 mm dan kichik diametrliklari uchun armaturali flanetslar qo‘llanadi.
5-rasm. Skobalar bilan tortiladigan flanesli birikma
6-rasm. Kavsharlangan plastinalar bilan flanesli birikma
Maxsus bo‘laklanadigan flanetslar shisha, sopol va boshqa mo‘rt materiallardan yasalgan uzatish quvur va apparatlarni ulash uchun qo‘llaniladi. Ular ikki xil bo‘ladi: ikki qismdan ajraladigan (3-rasm) va bo‘laklanadigan halqali (2 b-rasm).
Bo‘laklanadigan halqali flanetsning diametri quvurning yoki sarganing oxiridagi do‘ng joydan kattaroq o‘lchamga ega bo‘ladi va ikki qismdan iborat halqaga tayanadi (4-rasm). Bo‘laklanadigan halqali flanetslardan foydalanish qulayroq, qismlarga ajratiladigan flanetslardan arzonroq, lekin uncha ixcham emas.
Agarda flanetsni bo‘g‘inini bo‘laklash uchun yechish zarur bo‘lsa, unda yechiladigan bo‘laklanadigan to‘lg‘izma halqali flanetsdan foydalaniladi.
Sirlangan apparatlar uchun uncha katta o‘lchamga ega bo‘lmagan tartib mahkamlangan skobali (dastali) flanetslardan (4-rasm) foydalaniladi. Bu bilan massa kamayishi va sirni kuydirishda harorat maromini yaxshilashga erishiladi. Bunday birikmalar 0,5-0,6 MPa bosimga dosh beradi.
Qismlarga ajraladigan birikmalarning zichlanishini oshirish uchun payvandlangan plastinali flanetslar ishlatiladi (1-rasm). Bunday, birikmada flanetslar oralig‘iga yupqa plastinalar joylashtiriladi va ular choklab payvandlanadi. Birikmani bo‘laklashda choklar kesib tashlanadi, qayta yig‘ilganda esa ular qaytadan yana payvandlanadi.
|
| |