|
Apparatlarning yuqori bosim ostida ishlaydigan elementlari
|
bet | 29/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariApparatlarning yuqori bosim ostida ishlaydigan elementlari
GOST 25215-82 ga muvofiq yuqori bosim apparatlariga 10 dan 100 M Pa gacha bosim ostida ishlaydigan apparatlar kiradi. Bunday apparatlar ammiak, karbamid, vodorod, metanol ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bunday apparatlarni loyihalash va yasash qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning korpuslarini turli xil konstruksiyada: yaxlit tunukalangan, kavsharlab tunukalangan, qoliplab kavsharlangan, koʻp qavatli, burama va rulonli qilib yasaladi.
Yaxlit tunukalangan korpuslar yaxlit quyma po‘latdan og‘ir bolg‘alovchi jihozlar yordamida yasaladi. Ularning o‘rtasidan burg‘ilab teshik ochiladi, undan keyin unga gardish kiydiriladi, bolg‘alanadi, so‘ngra mexanik ishlov beriladi.
Bolg‘alab kavsharlangan korpuslar uzunligi 3-4 m lik bir nechta sarglarni uchma-uch kavsharlab yasaladi; qoliplab kavsharlangan korpuslar quyma yarim tog‘ora (korito)lardan; koʻp qavatlilar bir-biriga tarang qilib kiydirilgan bir nechta gardishdan iborat. Burama korpuslar silindrsimon gilzaga po‘lat tasmalarni issiq holda bir nechta qavat qilib o‘rab chiqish yo‘li bilan yasaladi. Tasma soviganda gilzani siqadi va devorning qalinligi bo‘ylab bir tekis kuchlanish hosil qiladi.
Rulonli korpuslar qalinligi 10 mm li ichki gardishdan tashkil topgan bo‘lib, unga qalinligi 3-4 mm li tasma tarang qilib tortib o‘raladi.
Yuqori bosim uchun idishlarning tubi yassi to‘g‘ri burchak kesimli, sal qavariq va qavariq taglik qilib yasaladi, qopqoqlar esa yassi ko‘rinishdagi og‘ir plitalardan iborat. Yuqori bosim uchun apparatlarning mustahkamlikka hisoblashning o‘ziga xos tomonlari bo‘lib, GOST 25215-82 ga muvofiq olib boriladi.
Gardishlar hisobi. Yaxlit gardish devorining qalinligi (m):
(6.24)
bu yerda: -devor qalinlik koeffitsiyenti,
ga teng.
Tagliklar hisobi. Yassi va sal qavariq taglik devorining qalinligi (m):
(6.25)
Buyerda =1+ /Dv - taglikning teshiklar bilan kuchsizlanganlik koeffitsienti; -taglikda joylashgan teshiklar diametrining maksimal yig‘indisi, m.
Qavariq taglik devorining qalinligi:
(6.26)
Taglikning egrilik radiusi (m):
bu yerda: =0,25 bo‘lgan ellipssimon tagliklar uchun
bo‘lgan yarimshar shaklidagi tagliklar uchun
Zichlatmalar. Qismlarga ajratiladigan birikmalarning zichligini ta’minlash uchun turli xil metall (mis, aluminiy) obturatorli ochib yopiladigan mexanizmlar zatvorlar ishlatiladi. Ko‘pincha majburiy zichlanadigan (boltlar buralganda hosil bo‘ladigan kuchlanish hisobiga va o‘z-o‘zidan zichlanadigan (apparat ichidagi bosim hisobiga) zatvorlar qo‘llanadi.
|
| |