|
-rasm. Halqali va meridional kuchlanishlar ta’sirining sxemasi
|
bet | 26/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlari1-rasm. Halqali va meridional kuchlanishlar ta’sirining sxemasi.
Hisob qobiqning aniqlik kiritilgan momentsiz nazariyasiga binoan olib boriladi. Bunda kuchlanish qalinlik bo‘yicha bir tekis taqsimlangan, qobiq devorining qalinligi esa uning o‘lchamlariga nisbatan juda kichkina deb qabul qilinadi.
Bosim ostida ishlayotgan o‘qqa simmetrik aylanuvchi qobiqni mustahkamlikka hisoblash uchun momentsiz nazariyaning asosiy tenglamasi bo‘lib Laplas tenglamasi xizmat qiladi:
(6.1)
bu yerda: meridian bo‘ylab kuchlanish, Pa: - aylanma (halqaviy) kuchlanishi, Pa; - qobiq o‘rta yuzasining meridian egri chizig‘iga yo‘nalishidagi radiusining egriligi, m; - qobiq o‘rta yuzasining meridian egri chizig‘iga perpendikular yo‘nalishidagi radiusining egriligi, m; R- bosim, Pa; S- qobiq devorining hisoblangan qalinligi, m.
(6.1) tenglama yordamida aylanma va meridian bo‘ylab kuchlanishni hisoblash uchun apparatning turli elementlari devorlarining qalinligini hisoblashda baza bo‘lib xizmat qiluvchi tenglama olish mumkin.
1. Elementning uzunligi birga teng bo‘lgan cho‘zuvchi kuchlanishini silindr uchun va bo‘lganda (6.1) tenglama bilan aniqlanadigan halqasimon kuchlanish orqali ifoda qilish mumkin:
6.2)
Silindr devoridagi meridian bo‘ylab kuchlanish apparatning tubiga ichki bosimdan va apparat devorining aylanma kesimidan tushadigan yuklamaning tengligi shartidan aniqlanadi:
(6.3)
2. Suyuqlik bilan to‘ldirilgan silindrsimon apparatlar devoridagi halqasimon kuchlanish gidrostatik bosimni hisobga oluvchi formulaga binoan aniqlanadi:
(6.4)
bu yerda: h - suyuqlik ustunining balandligi, m; , - suyuqlikning zichligi, kg/m³.
3. = tengligi sharti bilan doira yoki doiraning bir qismi uchun quyidagini olamiz:
= PR/(2S) (6.5)
4. Ichki bosim ostida bo‘lgan konussimon taglikni mustahkamlikka hisoblashda uchta holat bo‘lishi mumkin: 1) taglik faqat gazlar yoki bug‘lar ta’siri ostida bo‘ladi; 2) taglik faqat suyuqlikning gidrostatik bosimi ta’siri ostida bo‘ladi; 3) apparatda suyuqlik sathi ustida gazlarning bosimi hosil bo‘ladi.
Endi faqat birinchi holat uchun hisoblashni ko‘rib chiqamiz.
Konussimon taglikning har qanday n-n kesimdagi aylanma kuchlanishni Laplas tenglamasidan topish mumkin. Konus hosil qiluvchi egrilik radiusi Laplas tenglamasidan quyidagi kelib chiqadi:
(6.6)
ABC uchburchakdan: = r/cos unda σκ = Pr/(Scos )
Meridian bo‘ylab kuchlanishni konusning n-n kesimidan pastki qismiga ko‘rsatiladigan bosim kuchi va konussimon taglikning n-n kesimida hosil bo‘ladigan kuchlanishning vertikal qismi tengligi shartidan aniqlash mumkin:
πΡr² = 2πrS cos , = Pr/(2S cos ) (6.7)
Konussimon taglikka r = D/2 bo‘lganda maksimal aylana kuchlanish quyidagicha:
(6.8)
|
| |