Yuzalarga izolatsiyalovchi listlar qoplash. Bunda qoplash 2 usulda polimer materiallar listlar (plitka)ni qizdirib qoplanadigan yuzaga yelim bilan yopishtirib yoki yopishtirmasdan terib chiqish orqali amalga oshiriladi. Standart listlarni yopishtirish ishlarining nisbatan oddiy texnologiya bo‘yicha olib borilishi bu qoplamalaming afzalligi hisoblanadi. Lekin muhofaza etilayotgan yuza oddiy geometrik shaklga ega bo‘lishi lozim. Aks holda yelim vaxshi yopishmay qolishi mumkin.
Jihoz quvur va armaturalarni rezina bilan qoplash ham keng tarqalgan. Bunday qoplamalaming ijobiy tomoni ular 70-110 °C haroratda qator agressiv muhitlarga chidamli, muhofaza etilayotgan yuza bilan ilashishi (adgeziya) yuqori, yaxshi deformatsiyalanadi. Bu o‘z navbatida, qoplama va izolyatsiyalanayotgan yuzaning o‘zgaruvchan sharoitlarda birgalikda ishlashi ishonchliligini ta’minlaydi.
Rezina qoplamalami yopishtirish texnologik jarayom quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
–yuzani ifloslardan tozalash, benzin bilan yuvish, yelim surkash, xom rezina plitkalarini va qirralarini tayyorlash, ulami benzin bilan yuvish, yelim surkash;
–yuzaga rezina (plitkalarini) terib chiqish va ustidan g‘altak mola yurgizib presslash;
–qoplamani vulkanizatsiya qilish va sifatni tekshirish.
2-rasm. Polietilen plitka qoplamani qurilma devoriga mahkamlash.
Yelim bilan yopishtirilmaydigan materiallar, jumladan, qattiq materiallar qalin bo‘lganligi tufayli boltlar bilan mahkamlanadi. Boltlar qurilma devoriga payvandlab o‘rnatiladi. Ular shunday polimerdan yasalgan hamda qoplama qatlamiga kavsharlab payvandlangan «qalpoq»lar bilan izolyatsiyalanadi (2-rasm). Texnologik jihatdan murakkab bo‘lganligi tufayli yelimsiz yopishtirish usuli kimyoviy qurilmalarda juda kam qo‘llaniladi. Yelim bilan yopishtirilganda ham, yelimsiz qoplanganda ham polimer plitkalarning tutashgan joylari payvandlab qo‘yiladi.
Qurilmalarni donalab tayyorlanadigan kislotaga chidamli buyumlar bilan qoplash (futerovka qilish). Kislotabardosh sopol, suyuqlangan diabaz, chinni, shisha va antegmitdan tayyorlangan g‘isht va plitkalar izolyatsiyalanayotgan yuzaga maxsus bog‘lovchilar, odatda, silikat zamazka yordamida yopishtirib mahkamlanadi. U «suyuq shisha» (Na2Si03 eritmasi), natriy ftorsilikat Na2SiF6 (qotishmani tezlashtiruvchi) va to‘ldirgichlar (andezit, kvars, chinni uni va boshqa kislotabardosh kukunlardan) qo‘shib tayyorlanadi.
Tuzilishiga ko‘ra futerovkalar: oddiy (bir qatlamli), ko‘p qatlamli va kombinatsiyalangan (tagiga organik materialdan plitka yotqizilgan ko‘p qatlamli) turlarga ajraladi (3-rasm).
Bir qatlamli futerovka gazmo‘rilar, kimyoviy sexlarning poli, bug‘siz aralash muhitli bug‘lar kondensatlanmaydigan qurilmalarda ishlatiladi.
3-rasm. Qoplama (futerovka)larning sxemalari:
a) bir qatlamli; b) ko‘p qatlamli; d) aralash qatlamli (kombinatsiyalashgan); 1- po‘lat devor, 2-bog‘lovchi material; 3-plitka, 4-g‘isht: 5-poliizobutilen.
Ko‘p qatlamli va kombinatsiyalangan futerovkalar og‘ir sharoitlarda ishlaydigan qurilmalarning devorlarini izolatsiyalash uchun ishlatiladi.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarishda quritish adsorbsiyalash bo‘limidagi qurilmalarda bir qatlamli va ko‘p qatlamli futerovkalar, xlor ishlab chiqarishda quritish minoralarini, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda yuvish minoralarini muhofazalash uchun kombinatsiyalangan futerovkalar ishlatiladi.
Mexanik mustahkamligining juda yuqoriligi, ishchi muhit harorat chegarasining yuqoriligi (300-400°C) va narxining arzonligi futerovkalarning afzalligi hisoblanadi. Qurilma og‘irligining oshib ketishi va foydali hajmining kamayishi ularning kamchiligi hisoblanadi.
Noorganik moddalar ishlab chiqarishda qurilmalami korroziyadan asrash uchun ko‘pincha katod muhofazasi va korroziya jarayonini ingibirlash (sekinlashtirish) usulidan foydalaniladi.
Katod muhofazasi usuli elektrolit va suv oqadigan yerosti quvurlarini korroziyadan asrash uchun qo‘llaniladi. U, odatda, quvurlarni bitum bilan birga himoyalashda ishlatiladi. Sho‘r suv oqadigan quvurlarda korroziyaning oldini olish uchun ular yotqizishdan oldin bitum bilan qoplanadi, lekin bu qoplama ishonchli emas. Qoplamaning nuqsoni bor uchastkalarda korroziya jadal rivojlana boshlaydi. Uni to‘xtatish uchun metall quvurni o‘zgarmas yoki to‘g‘rilangan tok manbaiga ulanadi; musbat qutb quvurdan 60-100 m narida unga parallel joylashgan yerga ulangan anod simga bog‘lanadi. Yerga ulangan sim bir-biridan 5-6 m masofada tikka ko‘milgan va bir-biri bilan temir tasma orqali ulangan bir nechta po‘lat quvurdan iborat. Tok manbai sifatida kuchlanishi 22-24 V bo‘lgan selen to‘g‘irlagichdan foydalaniladi.
Agressiv suyuqliklar saqlanadigan katta hajmdagi qurilmalar korroziyasini to‘xtatish uchun ham katod muhofazasidan foydalanish mumkin.
Korroziya ingibitorlari bu korroziya jarayoni tezligini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalardir. Masalan, qora metallar korroziyasini kamaytirish uchun ingibitor sifatida dietilamindan foydalanish mumkin. Uni 0,016% konsentratsiyagacha bug‘lantirilgan ishqorga qo‘shish qurilmalar korroziyasini 4 baravar sekinlashtiradi. Sovituvchi namakob sifatida ishlatiladigan NaCl va CaCl2 eritmalariga 0,2 % gacha kaliyxromat va ishqorlash po‘lat quvurlarda korroziyaning 4-5 marta kamayishiga va ularning xizmat muddatining 7-10 yilgacha uzayishiga olib keladi.
Ingibitorlar ta’sirining samaradorligi tormozlanish koeffitsiyenti voki korroziyadan muhofaza darajasi bilan ifodalanadi. Tormozlanish koeffitsiyenti korroziya tezligining ingibitor ta’sirida necha baravar kamayganligini ko‘rsatadi:
Y=/// (2.1)
bu yerda: /-ingibitor bo‘lmagandagi korroziya tezligi; /,––ingibitor qo‘shilgandagi korroziya tezligi.
Muhofaza darajasi (%) korroziyani bostirishning toiafaligini ifodalaydi:
Z= [(/-/,)//100. (2.2)
Ingibitorning mavhum bir metallni u yoki bu muhitda korroziyadan asrash xususiyati uning o‘ziga xos kimyoviy xossalariga bogliq.
Uning ta’sir darajasiga agressiv muhitning konsentratsiyasi va harorat katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ingibitorlarga ayrim moddalarni qo‘shish ularning ingibitorlovchi ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Masalan, FIB-5 ingibitori (anilinning urotropin bilan kondensatlash mahsuloti) 0,5 % konsentratsiyada po‘latning 20% li HCl da harorat 20 °C dagi korroziyasini 42 baravar kamaytiradi. Ushbu sistemaga 0,2% li 2-propin- to‘la qo‘shilganda tormozlanish koeffitsiyenti 110 gacha oshadi. riB-5 ingibitori sanoatda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, uni vodorod xlorid kislotasida ingibirlash maqsadga muvofiq. Uning urotropin bilan aralashmasi issiqlik almashinuvchi qurilmalarni quyqadan (pishib qotgan qatlamdan) tozalash uchun ishlatiladigan 2- 6% li kislotalar eritmalariga qo‘shish tavsiya etiladi. Urotropinning o‘zi nafaqat qora metallar korroziyasi kislota ingibitori, balki aluminiyning vodorod xlorid kislotasi, titanning sulfat kislotasidagi korroziyasi ingibitori hamdir.
nE-5 ingibitori sanoatda nisbatan keng qo‘llaniladi. nB-5 ingibitorining urotropin bilan aralashmasini 2-6% li kislota eritmasiga qo‘shish tavsiya etiladi. Bu aralashma issiqlik apparatlarini quyqadan (bu moddalar konsentratsiyasi 0,5% dan, harorat 60- 80 °C, y=40^-50 boʻlganda) tozalashda ishlatiladi. Urotropinning o‘zi kislotali korroziya ingibítori hisoblanadi va faqat qora metallargagina emas, balki xlorid kislotasida aluminiy va sulfat kislotasida titan uchun hamdir.
Ayrim ingibitorlarning, jumladan, 11E-5 ingibitorining ta’sir mexanizmini ularning metall sathida tanlab adsorbsiyalanish qobiliyati bilan bog‘laydilar.
Metallning korroziyalanish tezligi vodorod ajralib chiqishining katod qutblanishiga teskari proporsional bog‘langandir. Metall sathidan ingibitor molekulalaridan to‘g‘ri yo‘naltirilgan yupqa parda hosil bo‘ladi, u vodorod ajralib chiqishida zo‘riqishni oshiradi va eritma bilan metall sathi o‘rtasida yuqori o‘tish qarshiligini vujudga keltiradi.
Boshqa ingibitorlar ta'sirining mexanizmi metall sathida zich, barqaror kristall yupqa parda hosil bo‘lishi yoki muhofaza pardasini yemiruvchi moddalarni neytrallash jarayoni bilan bog‘liq.
Modda ishlab chiqarishda cho‘yan qurilmalar korroziyasini kamaytirish maqsadida ulardagi suyuqliklarga metall yuzasida temir sulfididan iborat yupqa parda hosil qiluvchi sulfidlar qo‘shiladi. Suyuqliklarda sulfid ionlarining borligi (0,02-0,04 g/l) ular tarkibidagi erigan kislorodning
2S+202=2SO2 reaksiya bo‘yicha neytrallanishiga olib keladi va shu bilan sulfid yupqa pardasini oksidlanishdan saqlab qoladi. “Sulfid marom”ga rioya qilish korroziya tezligini yiliga 1,5 dan 0,1- 0,2 mm gacha kamaytirish imkonini beradi.
Nazorat savollari.
1.Metallarni ligerlash.
2.Himoyalovchi metal va nometal qoplamalar.
3.Detallarni korroziyaga qarshi qoplamalar bilan himoyalash.
4.Korroziya ingibitorlari.
5 Metallar yemirilishiga qarshi kurash choralarining asosiy omillari.
6. Sirtlarning abrazivdan yeyilishi.
7-Ma’ruza. Kimyoviy apparatura asosiy detallarining mustahkamligini hisoblanishi. Material va mumkin bo‘lgan kuchlanishning tanlovi.Ingichka devorli silindrli obechaykalarning ichki bosimga hisoblanishi. Tublarning ichki bosimga hisoblanishi.
Reja:
1.Apparatlar elementlaridagi kuchlanish.
2.Gardishlar va tagliklarga ta’sir etadigan kuch.
3. Tashqi bosim ostida ishlaydigan taglik va qopqoqlar hisobi.
4. Apparatlarning yuqori bosim ostida ishlaydigan elementlari.
|