|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 34/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlari8-rasm. Zichlagichlar:
salnikli; b- yakka yonyuzali, 1-silfon: 2- qo‘zg‘almas halqa, 3- qo‘zg‘aluvchan halqa
Qistirmalar rezina, paronit, asbest, polixlorvinil, ftorplast ,karton va boshqa nometall materiallardan yasaladi. Rezina qistirmalar 90°C gacha harorat va uncha katta bo‘lmagan bosimda ishlatiladi.
Qistirmalar uchun rezina list yoki aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi kesimga ega bo‘lgan chilvir ko‘rinishida chiqariladi, ba’zan esa murakkab, masalan, tishsimon kesimga ega bo‘lgan shaklda ishlatiladi.
Bosim yuqori bo‘lganda metall qistirmalardan, agressiv muhit uchun esa -metall va paronit o‘zakli, o‘rta qavati yumshoq material va ftorplastli to‘shamdan iborat ftorplast g‘ilofli qistirmalar ishlatiladi. Asbometall qistirmalar, masalan, simbilanto qilgan asbest ichiga asbest to‘ldirilgan spiralsimon burama metall; oralariga asbest rezina, paronit va boshqalar qavat-qavat qilib qo‘yilgan yupqa listli metall keng tarqalgan.
Rezina, asbest. paronit va boshqa metallardan qistirma yassi qilib yasaladi. Katta diametrlarda bir necha listdan tuzilgan qistirmalar ishlatiladi.
Salnikli va ko‘ndalang qistirmalar (7-rasm). Aylanuvchi qismlar yuzalarini zichlashtirish uchun salnikli va ko‘ndalang qistirmalar ishlatiladi. Tarang qilinmagan salniklar mas’uliyatli emas, zichlatmalarda (podshipniklarda, tegirmonlarning korpuslarida), o‘q bo‘ylab taranglashganlari esa bosimlar va valning aylanish chastotasi katta bo‘lgan hollarda ishlatiladi.
9-rasm. Qattiq qobirg‘alar bilan mahkamlangan shtutser.
Yaxshi zichlashishga erishish maqsadida vtulka va siqib turuvchi qopqoqlarning tiqmaga qaragan tomoni konussimon shaklda ishlanadi.
Salniklar bobishkaga oʻrnatiladi. Yuqori haroratda ishlaydigan salniklar “suv ko‘ylagi” yordamida sovitilib turiladi.
Zaharli moddalar bo‘lgan apparatlarga bosimga qarshi salniklar o‘rnatiladi. Buning uchun tiqma halqa bilan bo‘linadi va halqa atrofidagi bo‘shliqqa apparat ichidagi bosimdan yuqori bosim ostida inert gaz kiritiladi. Valning aylanish tezligi katta bo‘lganda qattiq tiqinli salniklar ishlatiladi, ular rangli metalldan, plastmassadan va presslangan grafitdan kesilgan halqa ko‘rinishida yasaladi.
TD va TDP rusumdagi ko‘ndalang zichlatmalar nordon, kuchsiz ishqoriy va gazsimon muhitlarda 1,6 MPa gacha ortiqcha bosim, 400 Pa gacha qoldiq bosim (vakuum), -20 gradusdan 250MPa gacha haroratda ishlash uchun qo‘llaniladi. Ularning afzalligi gazning oz miqdorda uchib ketishi, katta ishonchliligidadir. Bittalik ko‘ndalang zichlatma 9-(b) rasm harakatlanuvchi halqadan (3) vtulkaga, u esa valga mahkamlanadi. Harakatlanmaydigan halqa (2) korpusga silfon (1) yordamida bog‘lanadi. Halqalar prujina yordamida bir-biriga yopishib turadi. Prujinaning siqish kuchi apparatdagi bosimga qarab roslanadi. Bir-biriga tegib ishqalanadigan yuzalar moy to‘ldirilgan vannalarga joylashtiriladi. Ishqalanadigan yuzalarini sovitib turish uchun korpusda sovutuvchi ko‘ylak mavjud. Ikki juft halqali ikkitalik ko‘ndalang zichlatma ancha takomillashgan bo‘lib, zichlashish halqalar oralig‘ida apparatdagiga qaraganda ko‘proq bosim hosil bo‘lishi hisobiga amalga oshadi.
|
| |