|
-Ma’ruza. Turli jinsli sistemalarni filtrlash usulida ajratish
|
bet | 42/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlari11-Ma’ruza. Turli jinsli sistemalarni filtrlash usulida ajratish.
Reja:
1.Suspenziyani filtrlash.
2.Filtrlash mexanizmi.
3.Jarayonning harakatlantiruvchi kuchi va tezligi
4.Filtrlovchi qurilmalar
Suspenziya va changli gazlarni filtrlovchi to‘siqlar orqali o‘tkazish yo‘li bilan tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Jarayon davomida suyuqlik yoki gaz filtrlovchi to‘siq g‘ovaklaridan o‘tib ketadi, g‘ovaklar o‘lchamidan katta bo‘lgan zarrachalar esa to‘siq yuzasiga cho‘kma shaklida yig‘iladi. Kelgusida cho‘kmaning o‘zi ham filtrlovchi material bo‘lib xizmat qiladi Filtrlovchi material sifatida mayda teshikli to‘rlar, ipli gazlamalar, sochiluvchan materiallar (qum, shag‘al, pistako‘mir, bentonitlar), keramika, jun, sintetik materiallar va boshqalar ishlatiladi. Ushbu materiallar ishchi muhit (aralashma) ta’siriga kimyoviy jihatdan barqaror, pishiq va harorat ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.
Filtrlash jarayonida aralashmaning ayrim mayda zarrachalari filtrlovchi material g‘ovaklarini to‘ldiradi. Shunga ko‘ra, filtrlashning quyidagi ikkita uslubi mavjud:
- cho‘kma qatlami hosil qilish yo‘li bilan filtrlash;
- filtrlovchi material g‘ovaklarini to‘ldirish orqali filtrlash.
Suspenziya tarkibidan ajratib olinadigan qattiq zarrachalarni o‘rtacha diametri- d2 filtrlovchi material g‘ovaklari o‘lchamidan dnk katta bo‘lgan hollarda (6-rasm, a-sxema) filtr to‘siq yuzasida cho‘kma hosil bo‘ladi. Filtrlashning bunday uslubi suspenziya tarkibidagi zarrachalarning massaviy kontsentratsiyasi 1% dan ortiq bo‘lganda qo‘llaniladi.
6-rasm.Filtrlash sxemasi: a- cho‘kma hosil bo‘lishi; b- g‘ovaklarni zarrachalar (qora rangda) bilan to‘lishi.
Agar suspenziya tarkibidagi qattiq zarrachalarning o‘rtacha o‘lchami filtrlovchi material g‘ovaklari o‘lchamlaridan kichik bo‘lsa, u holda zarrachalar g‘ovaklar ichiga kirib, ularni to‘ldiradi. (7-rasm, v-sxema). G‘ovaklarning to‘lib borishi bilan suyuqlik fazasini o‘tishi qiyinlashadi. Bu esa filtrlash qurilmasining ish unumdorligini pasaytiradi. Shu sababdan, filtrlovchi material davriy ravishda, toza suyuqlikning teskari yo‘nalishdagi oqimi bilan yuvib tozalanadi. Real sharoitlarda filtrlash jarayonlari bir paytning o‘zida g‘ovaklarni mayda zarrachalar bilan to‘lishi va filtrlovchi yuzada cho‘kma qatlamining hosil bo‘lishi bilan amalga oshiriladi.
Filtrlash jarayonining intensivligi dastlabki texnologik bosqichlar paytida hosil bo‘lgan suspenziya sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Suspenziya tarkibidagi mumlar, shilimshiq va kolloid moddalar jarayon borishini sustlashtiradi. Shu sababdan filtrlash jarayoni suspenziya zarrachalaridan kattaroq o‘lchamga ega bo‘lgan yordamchi materiallar ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday materiallarning maxsus suvli aralashmasi jarayon boshlanishidan avval filtrga haydalib, filtrlovchi to‘siq yuzasiga qatlam shaklida qoplanadi.
Aktivlangan ko‘mir, perlit, diatomit, kizelgur, fibroflovaaksanit ikkilamchi filtrlovchi material bo‘lib hisoblanadi. Ular cho‘kma bilan aralashib, uning g‘ovakligini oshiradi. Natijada cho‘kmaning gidravlik qarshiligi kamayadi. Ushbu materiallar guruhi absorbsiyalash xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun filtrat tiniq bo‘ladi.Sanoatda cho‘kma hosil qilish yo‘li bilan filtrlash usuli (8- rasm) keng tarqalgan. Jarayon mobaynida hosil bo‘lgan cho‘kma, filtrlanayotgan suyuqlik xossasiga ko‘ra, siqiluvchan (bosim ostida deformatsiyalanuvchi) va siqilmaydigan bo‘lishi mumkin. Filtrlovchi materiallar tuzilishiga siqiluvchan (bikir) va siqilmas bo‘lishi mumkin.
|
| |