Cho‘ktirish qurilmalarini texnik iqtisodiy asoslash




Download 0,51 Mb.
bet41/53
Sana14.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#232891
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
Korxona jihozlari

Cho‘ktirish qurilmalarini texnik iqtisodiy asoslash.
Tindirish qurilmalari. Og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘ktirish jarayoni sodda tuzilishga ega bo‘lgan cho‘ktiruvchi va quyiltiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Bunday qurilmalar olib davriy, uzluksiz va yarim uzluksiz rejimlarda ishlaydi. Uzluksiz ishlovchi qurilmalar bir, ikki va undan ortiq yarusli bo‘lishi mumkin.
Davriy ishlaydigan cho‘ktirish qurilmasi (4-rasm) konus asosli silindr shaklidagi idish ko‘rinishida bo‘ladi. Unga suspenziya yuqoridan beriladi. Aralashma tarkibidagi fazalarning zichliklari o‘rtasidagi farq (ρ - ρm) tufayli suspenziya ma’lum bir vaqt ichida tindiriladi. Natijada qurilmaning yuqori qismida balandligi h₁ bo‘lgan tozalangan suyuqlik sathi va idish tubida hch qalinlikdagi cho‘ktirilgan loyqa qatlami hosil bo‘ladi. Tiniq suyuqlik (dekantat) qurilmaning yon tomonida joylashgan shtutserdan, cho‘kma va yuvindi suvlar esa uning tubidan tushiriladi. Jarayon tugagach, qurilma yuviladi va qayta yuklanadi.
4- rasm. Davriy ishlovchi tindirgich sxemasi.
Ajratilayotgan zarrachalarning zichligi tindirilayotgan suyuqlik zichligidan kichik bo‘lsa (ρ<ρm), u holda chiqindilar qurilmaning yuqori qismida, suyuqlik fazasining erkin yuzasida to‘planadi. Tindirilgan faza qurilmaning quyi qismidan davriy ravishda tushirib turiladi.
Ushbu tipdagi tindirish qurilmalarining ayrim turlari aralashtiruvchi moslamalar (taroqlar) bilan jihozlanadi. Bunday qurilmani (5-rasm) samaradorligi yuqori, cho‘kindilarni qurilma tubining o‘rtasiga yig‘ish va tushirish imkoniyati mavjud.
5-rasm. Uzluksiz ishlovchi cho‘ktirish qurilmasi: 1- halqasimon tarnov; 2- aralashtirish moslamasi; 3- parrak (suruvchi taroq); 4- cho‘kma tushirish moslamasi; 5- konussimon tublik; 6- silindrik idish.
Taroqlar harakati o‘ta kichik (n=0,02 0,05 min-¹) bo‘lganligi sababli cho‘kish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Yuqorida ta’rifi keltirilgan qurilmalarning diametrlari katta (bino ichida 12 20 m, ochiq maydonlarda ≤120 m), balandligi esa ancha kichik bo‘ladi. Ajratilgan cho‘kma tarkibidagi namlik 60% gacha bo‘ladi.
Nazorat savollari;
1.Turli jinsli sistemalarni turlari.
2.Suyuq holdagi turli jinsli sistemalar.
3.Gazsimon holdagi turli jinsli sistemalar.
4. Turli jinsli sistemalarni ajratish usullari.
5.Cho‘ktirish usulida sistemalarni ajratish.

Download 0,51 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Download 0,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘ktirish qurilmalarini texnik iqtisodiy asoslash

Download 0,51 Mb.