NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1.
Aylanma ilgarilanma tormozlar uchun elektr yuritma harakat tenglamalari qanday
yoziladi.
2.
Inersiya va siltash momentlari deganda nimani tushunasiz.
3.
Nima uchun qarshilik va siltash momentlari dvigatel o`qiga keltiriladi.
4.
O`tish jarayonlaridan isroflar qanday topiladi va ularni kamaytirish uchun qanday
choralar ko`rish kerak.
5. Elektr yuritmani yurgizib yuborishdagi dinamik rejimlari.
Adabiyotlar ro`yhati:
1. А.С.Каримов ва бошкалар. Электротехника ва электроника асослари. Т. «Укитувчи»
1995 йил.
2. А.Я.Шихин и другие. Электротехника. М. «Высшая школа» 1989 год.
3. А.Рахимов. Электротехника ва электроника асослари .Т. «Укитувчи» 1998 йил.
4. А.И. Холбобоев, Н.А.Хошимов. Умумий электротехника ва электроника асослари.
2000 йил.
5. В.В.Паушин и другие. Основа автоматики вычислительный микропроцессорной
техники.Т. 1989 год.
75
23-MAVZU: ELEKTR YURITMANI KOORDINATALARINI ROSTLASH USULLARI Reja: 1. Elektr yuritma koordinatalarini rostlashni asosiy ko`rsatkichlari. 2. O`zgarmas tok dvigatellarini tezligini rostlash usullari. 3. O`zgaruvchan tok dvigatellarini tezligini rostlash usullari. Hozirgi zamon ishlab chiqarishda o`zgaruvchan tezlikda ishlaydigan va mexanizmlar ko`p
uchraydi. Bunday mashina va mexanizmlarda tezlikni rostlash evaziga yuqori ish unumiga
hamda talab darajasidagi ish sifatiga erishiladi. Tezlikni rostlash mexanik va elektrik usullar
bilan amalgam oshriladi. Lekin elektrik usul qo`llanilganda ishchi mashina kinematikasi
soddalashadi, texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari yaxshilanadi.
Tezlikni rostlash uchun u yoki bu usulni tanlash barcha usullarni texnik iqtisodiy
ko`rsatkichlarini taqqoslash orqali bajariladi.
Elektr yuritmani tezligini rostlashni turli usullarini xarakterlovchi asosiy ko`rsatkichlarga
quyidagilar kiradi:
1) Rostlash chegarasi;
2) Tekislik;
3) Iqtisodit ko`rsatkich;
4) O`rnatilgan tezlikda turg`un ishlay olish;
5) Turli tezliklardagi yuklama.
Rostlash chegarasi maksimal va minimal aylanishlar tezliklari nisbatan orqali topiladi, yani
min
max
/
D .
Rostlash tekisligi ikki qo`shni tezliklar nisbati orqali xarakterlanadi:
1
i i K tek
Rostlash iqtisodiy ko`rsatkichlari capital va ishlatish sarflari miqdori bilan baholanadi.
O`rnatilgan tezlikda turg`un ishlay olish rostlash xarakteristikasini kattaligi bilan belgilanadi.
Turli tezliklarda yuklama dvigatel tokini miqdori bilan aniqlanadi.
1.Parallel qo`zg`otishli o`zgarmas tok dvigatelini aylanish tezligini rostlash.
Parallel qo`zg`otishli dvigatelni tezlik xarakteristikasi tenglamasidan kelib chiqadiki, uni
tezligini o`zgartirishni (rostlashni) uchta usuli mavjud ekan:
a) Yakor zabjiridagi qarshilikni rostlash;
b) Dvigatel qo`zg`atish tokini o`zgartirib rostlash`
c) Dvigatelga qo`yilgan kuchlanishni o`zgartirib rostlash.
Parallel qo`zg`atishli dvigatelni elektr sxemasi 1-rasmda ko`rsatilgan.
1-rasm. Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini elektr sxemasi.
Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini yakor zanjiriga qarshiliklar kiritilganda uni
mexanik xarakteristikalari 2-rasmda ko`rsatilgan.
76
2-rasm. Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini yakor zanjiriga qarshiliklar
kiritilganidan so`ng mexanik xarakteristikalari. 1-tabiiy xarakteristika
0
Rsoz 2.3 qarshiliklar kiritilgandagi xarakteristikalar
s M ishchi mashina qarshilik momenti; 1,2,3,-
har hil qarshiliklardagi mexanik xarakteristikadir.
Magnit oqimini o`zgartirish (qo`zga`tish toki orqali) orqali dvigatel tezligi o`zgartirilsa 3-
rasmdagi mexanik xarakteristikalar olinadi.
3-rasm. Parallel qo`zg`atishli dvigatel tezligini oqim orqali o`zgartirilgandagi mexanik
xarakteristikalari.
Elektrodvigatelga qo`yilgan kuchlanishni o`zgartirish orqali tezlik rostlashdagi mexanik
xarakteristikalar 4-rasmda ko`rsatilgan.
4-rasm. Parallel qo`zg`atishli dvigatel tezligini tarmoq kuchlanishi orqali o`zgartirilganda
mexanik harakteristikalar.
Asinxron elektrodvigatellarni tezligini sozlash usullari.
Asinxron dvigatellarni tezligini rostlash usullarini o`rganishda quyidagi formuladan
foydalanamiz:
)
1
(
60
s P f n
bu erda
f - tok chastotasi, P -juft qutblar soni;
S - sirpanish koeffisienti;
0
n - magnit maydonni aylanishlar soni;
n -rotorni aylanishlar soni.
77
Quyidagi formuladan ko`rinib turibdiki, asinxron dvigatellarini aylanish sonini o`zgartirish
uchun tok chastotasini, juft qutblar sonini o`zgartirish, hamda rotor zanjiriga qo`shimcha
qarshilik kiritish kerak.
Tok chastotasi o`zgarganda dvigatel mexanik xarakteristikasini quyidagi ko`rinishga ega
bi`ladi (5-rasm).
5-rasm. Asinxron elektrodvigatelni turli tok chastotalaridagi mexanik xarakteristikalari.
Asinxron elektrodvigatel stator cho`lg`amidagi qutblar soni o`zgarganda tezlik qog`onali
o`zgaradi (6-rasm).
6-rasm.
Asinxron
elektrodvigatelni
juft
qutblar
soni
o`zgargandagi
mexanik
varakteristikalari.
Rotor zanjiriga aktiv qarshilik kiritib tezlikni rostlash faza rotorli asinxron dvigatellar uchun
qo`llanadi. Rotor zanjiriga qarshilik kiritilganda dvigatel sirpanish koeffsienti oshadi, natijada
jadak tezlik kamayadi (7-rasm).
78
7-rasm. Rotor cho`lg`amiga aktiv qarshilik kiritib tezlikni rostlash.
8-rasm. Faza rotorli asinxron dvigatelbi mexanik xarakteristikalari:
s M -qarshilik momenti.
Asinxron dvigatel tezligini rostlashni boshqa usullari ham mavjud, yani ularni maxsusu talab
qo`yilgan sharoitlardagina qo`llaniladi. Bunday usullar bilan adabiyotlar orqali tanishish
mumkin.