|
Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi
|
bet | 4/9 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 97,34 Kb. | | #274217 |
Bog'liq 1-mavzu (1)Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi juda muhim. Yangi material o'rgatiladigan darsning
mazmuni va mantiqiy o'rganiladigan til hodisasi hamda lining lingvistik mohiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga m a’lum darajada sabab bo'ladi. O'qituvchi bu o'zaro bog'lanishni bilishi va uni o'quvchilar bilan birga topshiriqlami bajarish davomida asta ocha borishi muhimdir.
Agar dars grammatik bilimlarni mustahkamlash, orfografik ko'nikmalarni shakllantirish maqsadini o'z oldiga qo'ysa, darsning mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o'rganib ol ishlari uchun bir-ikki mashq jamoaviy ravishda bajariladi. O'quvchilar mustaqilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashqlar o'rtasidagi bog'lanishni shakllantiradigan ko'nikm aning xususiyati ham sabab bo'ladi. O 'quv materialining mavzuga va darsning maqsadiga mos bo'lishi uning maqsadga yo'naltirilishini ta ’minlaydi. Darsda foydalaniladigan barcha o'quv materiallari (shu jum ladan, til dalillarini kuzatish, imlo va nutqqa oid mashqlarni bajarish uchun tanlanadigan materiallar ham) darsning maqsadiga juda mos bo'lishi zarur.
Ona tili darsi, avvalo, o'quvchilar nutq va tafakkurini o'stirish darsidir. O na tili darslari ijtimoiy-foydali bo'lishi uchun o'quvchilarda
o 'z fikrini gram m atik to 'g 'ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o'stirish ko'rsatmasi grammatik materialni o'rgatishda o'quvchilam ing tilimizdagi har bir so'z turkumi yoki so'z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan m etodik usullarni qo'llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya gram m atik to 'g 'ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o'stirishga amalda tatbiq etish uchun o'rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o'stirish darsning mazm unida va qo'llanilgan vazifalar turlarida o 'z aksini topadi.
G ram m atik, so'z yasalishiga oid, imloviy materiallarni o'rganishni nutq o'stirish bilan bog'lash o'quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar nutqini o'stirish jarayoni ularning tafakkurini o'stirish bilan bog'liq.
Ona tili darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan gram m atik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o'zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o'tkazish tushuniladi. Masalan, ,,0 'zakdosh so'zlar" tushunchasini shakllantirish uchun so'zlam ing leksik m a’nosi va m or femik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o'zakning mavjudligini) bilish lozim. O 'quvchilar tafak kurini o'stirish uchun o'qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini tanlaydi, darsning materialini va uni o'zlashtirishda o'quvchilar bajaradigan aqliy faoliyat mashqlarini ham belgilab oladi.
O'quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini beradi. Nazariyaga aham iyat berish, elem entar tarzda bo'lsa ham , o'quvchilam ing til hodisalari o'rtasidagi bog'lanishni bilib olishiga e ’tibor berish demakdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bunday bog'lanishni bilsalar, nima uchun shunday? so'rog'iga javob topa oladilar. Masalan, „N im a uchun daftar so‘zi kelishik va egalik qo'shimchalari bilan turlanadi, o'qidik so'zi esa shaxs-son qo'shim chalari bilan tuslanadi?“ .
Ona tili darslarining foydali bo'lishiga darsda og'zaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o'tkazish, o'quvchilam ing o'quv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish, o 'z vaqtida xatolarning oldini olish va to'g'rilash, texnika vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta ’sir ko'rsatadi.
Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Dars turlari uning didaktik
maqsadiga ko'ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o'rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik о ‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshq. Har bir dars turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o'rtasida m a’lum bog'lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik maqsadi o'rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o'rniga qarab belgilanadi. O'qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va o'rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, qurilishini belgilaydi.
Dars qurilishida qat’iy andaza bo'lishi m umkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o'zini oqlayapti. Shunga qaramay, bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o'qituvchining o'zi hal qilib, bosqichlar orasidagi ichki bog'lanish, har bir bosqichdagi ishlaming mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha bosqichlarini bir jarayonga bir lashtirish o'qituvchidan yuksak mahorat talab etadi.
Birinchi sinfdan boshlab o'quvchilar modul usulida mustaqil ish- lashga o'rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslami tashkil etish osonlashadi, chunki o'quvchilarda bu haqda ko'nikmalar hosil bo'la boradi. O'qituvchi dars davomida dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak.
Quyida yangi pedagogik texnologiya usullaridan biri - modul asosidagi 1 soatlik ona tili darsi namunasini keltiramiz:
|
| |