• Muammoli o‘qitish
  • Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar




    Download 97,34 Kb.
    bet6/9
    Sana09.10.2024
    Hajmi97,34 Kb.
    #274217
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu (1)

    Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar


    Ona tilini o'qitishda o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta ’lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
    XX asrning oxirgi yillariga qadar o'qitish metodlari sifatida tushun- tirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta ’limi darslarini tashkil etishda ko'proq qo'llanilib kelindi.
    Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo'llangan asosiy me-
    todlardan biri bo'lgan. Bunda o'qituvchi bayon qilishdan oldin o'quvchilam ing o'rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o'quvchilarni o'qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo'lishga undagan. O'qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o'qituvchi m a’lumotlarni o 'z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o'qituvchi zimmasiga o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o'rinlarini aniq, lo'nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang'ich sinflarda bayon qilish metodi o'quvchilam ing yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo'ljallangan. Bayon qilish metodini qo'llash holatlari hozir ham uchraydi.
    Suhbat metodi boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda keng
    qo'llaniladigan va shu bosqich o'quvchilari tabiatiga mos metod sana- ladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o'qituvchidan mavzuning xususiyatini o'zida aks ettirgan o'quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o'xshash va farqli jihatlarini ajratish, o'xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo'naltirilgan savollar tuzishni, ularni o'quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
    Boshlang'ich sinflarda suhbat m etodining muammoli o‘qitish metodi sifatida qo'llanilishi ta ’limda o'quvchilarni faollashtirishga katta
    ta ’sir ko'rsatadi. Muammoli o‘qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o'zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o'quvchilar-ning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o'qituvchining topshirig'i bilan o'quvchining oldiga biror m uam mo qo'yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu m uam m oni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang'ich sinfo'quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o'qituvchi m uam m oni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. M uam m oni o'quvchi hal qila ol­ masa, uni o'qituvchining hal qilishiga to 'g 'ri keladi. Shuning uchun boshlang'ich sinfda muammoli o'qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham vuritiladi. Masalan, m uam moli o'qitish m etodini leksik-semantik va gram m atik mashqlarni tashkil etishda ham qo'llash mumkin. Bu m etoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu m etod „Tovush va h a rf ' mavzusini o'rganayotganda tovushning so'z m a’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, ,,So‘z m a’nosi", „ N utq va gap" mavzularini o'rganishda ham qo'llanadi. Masalan, „ So'z m a’nosi" mavzusini o'rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so'z turkum iga kiradigan so'zlar aralash holda yozib qo'yiladi.
    So'zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o'qidi, yashil, binokor, o 'n ta, o'qituvchi, sakkiz.
    O'quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi:

    Download 97,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 97,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar

    Download 97,34 Kb.