|
Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’no- larini) tushunish tamoyili
|
bet | 2/9 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 97,34 Kb. | | #274217 |
Bog'liq 1-mavzu (1)2.Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’no- larini) tushunish tamoyili. So‘zni, morfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til ma nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning slıarti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, ush1biyat)ni o‘zaro bog‘langan holda o‘rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan lıoldagina o‘rganish, o‘zlasht1riSh mumkin. Sintaksisni o‘rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografıya fonetika, grammatika, so‘z yasalishiga suyanadi va hokazo. So‘zni morfemik tahlil qilish uning ma’nosini tııslıunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir- biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, o‘qitishda bu ni albatta hisobga olish kerak.
3.Tilga sezgirlikni o‘stirish tamoyili. Til — juda mıırakkab hodisa, uning tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo‘Isa-da, uning qonuniyatlarini, o‘xshashliklarini o‘z1ashtirmay turib, uni yodda saqlab bo‘lmaydi. Bola gaplashish, o‘qish, eshitish bilan til material- larini yig‘adi, uning qonunlarini o‘zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xıısusiyati shakllanadi.
4.Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisa- larini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda, ııning ifodaliligini (tısltıbga oid) tuslıunishni, mazıntıninigina emas, bal ki so‘z va nutq birliklarining, tilning boshqa bad i iy-tasviriy vositalarining hissiy bo‘yoqdor1igini ham tııshunishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shtıningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi. Bu esa matn mazmuni va uning o‘ziga xos „noziklik“larini ham anglab yetishga yordam beradi.
5.Og‘zaki nutqni yozma nutqdan oldin o‘zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o‘qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.
Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o‘qittıvchi bilan o‘quvchining maqsadga mtıvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo‘nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Metod aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi. Metodika (yun.”Methodike”) biror ishni bajarish, amalgam oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot – ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llarini va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi. Shu bilan birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish grammatika, imlo va unga bog’liq holda nutq o’stirish metodikasigina emas, balki xat-savod o’rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
A)boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning dasturini belgilash va asoslash;
B)o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganish, xatolarning sababini tahlil qilish,ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
D)ona tilidan beriladigan o’quv materialini o’quvchilar aniq tushunishi va puxta o’zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o’quvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o’ylashini, nutqini o’stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
E) ona tilini o’rgatish bilan bog’liq holda maktablar oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalgam oshirish, o’quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi.
Ona tili metodikasi ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ona tilini o’qitishning izchillik va uzluksizligni ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalarning nutqini o’rtirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari,ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani o’z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va shu asosda yaratilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir.
Ona tili metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’lanadi. Maktab ta’limidagi har bir o’quv predmeti, shu jumladan ona tili ham, faqat bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatan ham, ona tili o’qitish jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi,bilish qobiliyati o’sadi, ular aqliy, axloqiy, estetik tomondan rivojlanadi, xarakterida ma’lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi, mehnat qilishga o’rganadi va hokazo.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Kishilarning o’zaro munosabati, his-tuyg’ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. “Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi…bola ikki-uch yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi.Ona tilining ulug’ pedagogligi ham ana shundadir”, - deydi u.Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ona tili darslarida ongli o’qish va savodli yozishga o’rganadilar, og’zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko’nikma-malakalar (nutq, o’qish va yozishga oid malakalar) o’quvchilarning o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir.
Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida o’rin tutadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. O’qish, yozish, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirish.
1. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to’g’ri talaffuzni o’rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash.
2. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
3. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish.
bu vazifalarning hammasini boshlang’ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo’lib, unda o’quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga qo’yilgan asosiy talablar belgilangan bo’ladi. O’qituvchi va o’quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar.
Darsning umumiy tasnifl. M aktabda dars o'quv-tarbiya jarayo nini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta ’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir.
Darsga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar:
|
| |