|
1-Mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish tamoyillari, ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslariga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 8/9 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 97,34 Kb. | | #274217 |
Bog'liq 1-mavzu (1)Analiz-sintez metodi savod o'rgatish darslariga rus-tuzem mak
tablari va tatar o'qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta ’limi jarayoniga analiz - tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o'rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu m etodning amalda namoyon bo'lishidir. Sintez qismlarga bo'lib o'rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so'z tu r kumlari o'rganilayotganda ularga oid so'zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so'zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib m atn tuzish, m azm unan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo'ladi. Analiz-sintez m etodida ham o'quvchilarni faollashtirish o'qituvchining o'quvchilarga beradigan savol va top- shiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog'liq bo'ladi.
Induksiya metodida o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan til dalil-
larini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o'quvchi tayyor qoida — ta ’rif bilan tanishadi
va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o'qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo'naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o'quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug'atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog'liq bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o'qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog'liq. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o'quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.
So'nggi yillar davomida ta ’lim tizim iga an ’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish bo'yicha yutuqlar qo'lga kiritildi.
Aqliy hujum:
Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish tamoyillari
Ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslariga qo‘yiladigan talablar.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni ayting.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-Mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish tamoyillari, ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslariga qo‘yiladigan talablar
|