|
1-Mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish tamoyillari, ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslariga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 3/9 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 97,34 Kb. | | #274217 |
Bog'liq 1-mavzu (1)Ta’limiy talab. Har bir dars o'quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.
Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir.
Didaktik talablar. Bu o'qituvchiga darsni to'g'ri tashkil qilish:
dars maqsadlarini, turini to 'g 'ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o'quvchilarga yetkazib berish usullarini to 'g 'ri tanlash, o'quvchilar bi limini tekshirish va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir.
Psixologik talablar. Bu talab shuni nazarda tutadiki, o'qituvchi o'z o'quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi bilishi juda katta ahamiyatga ega. O 'z o'quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o'qituvchigina to'laqonli dars uyushtirishi mumkin.
Gigiyenik talablar. Bu o ‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish demakdir. Sinfda yorug‘lik, toza havo har doim yetarli bo‘lishi lozim.
Boshqa fanlar kabi, ona tili o'qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog‘liqdir.
Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyot larda keng yoritilgan. Ulami ona tili o'rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo'yilgan talablar quyidagicha bo'ladi:
Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o'quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o'quvchilaming
o'quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g'oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo'lishiga, tilni o'rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
Ona tili darslarida o'zbek tiliga muhabbat va so'zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e ’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o'rganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga katta o'rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan m atnlar bilan birga, yuksak badiiy m atnlardan ham foydalaniladi.
Ona tili o'qitish jarayoni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo'lgan saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-Mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish tamoyillari, ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslariga qo‘yiladigan talablar
|