|
-jadval. “Pedagogik diagnostika va
|
bet | 4/9 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 105,5 Kb. | | #142517 |
Bog'liq 1-mavzu1-jadval. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining predmeti
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ob’ekti sifatida
|
O‘quvchi ko‘zda
tutilganda
|
Pedagog ko‘zda tutilganda
|
Ta’lim va tarbiya sharoiti
ko‘zda tutilganda
|
O‘quv fanining ob’ekti quyidagicha belgilanadi:
|
O‘quvchining shaxsiy va tipologik xususiyatlari; ta’lim olganlik, tarbiyalanganlik, rivojlanganlik, faoliyat ko‘nikmalari, qiziqish, xohish-istaklari, xulq-atvorining namoyon bo‘lish darajalari; tengdoshlari hamda kattalar bilan munosabatining o‘ziga xosliklari
|
Pedagogning kasbiy kompetentligi, shaxsiy xususiyat-lari, o‘quvchi (bola)lar bilan munosabatining o‘ziga xosliklari
|
Turli yoshdagi shaxsni o‘qitish metod-lari; mikro guruhdagi muhit; muayyan yosh davridagi shaxsni shaxsga beriladigan ta’lim (tarbiya) mazmuni hamda ta’lim (tarbiya) vositalari, texnologiyalari; shaxsning rivojlanishiga turli omillar, xususan, oilaning ta’siri
|
Ma’lumki, har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” ham o‘zining tayanch tushunchalari (asosiy kategoriyalari)ga ega. Quyidagilar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining tayanch tushunchalari (asosiy kategoriyalari) sanaladi:
Tashxis (pedagogikada) – o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos muayyan xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro munosabatlarni, o‘zaro bir-birlarini tushunishni tavsiflaydigan pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi. Tashxis – tashxislashning, ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum xususiyat, sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi sanaladi.
|
| |