|
Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) –
|
bet | 5/9 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 105,5 Kb. | | #142517 |
Bog'liq 1-mavzuTekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) – tadqiqot ob’ekti bo‘lgan shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash14. Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil etilayotgan harakat.
Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari sifatida anketa, suhbat, test, intervyu, pedagogik kuzatish, ekspert baholash, natijalarni matematik qayta ishlash (matematik-statistik metod) kabilar qo‘llaniladi.
Tashxislovchi metodika – ma’lum me’yorlarga tayangan holda muayyan shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan jarayonga xos qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash, natijalarni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir.
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli15.
Tashxislovchi texnika – pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi.
|
| |