Pedagogik diagnostika – pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o‘rganish (E.A.Mixalыchev)8, ta’lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan pedagog va pedagogik kollektivlarning o‘ziga xos faoliyatining tizimi (V.S.Avanesov)9.
Maqsad, vazifa, tashxis shakllari, metodlari, vosita yoki jihozlari, tashxisni amalga oshiruvchining ma’lumoti, malaka darajasi, ish tajribasi, tashxis mezonlari va ko‘rsatkichlari, tashxis bosqichlari, tashxis natijalari, korresiyalovchi metodika pedagogik tashxisning muhim asoslari bo‘lib, har qanday vaziyatda ham ular yaxlit holda inobatga olinishi zarur.
V.Uruskoy esa pedagogik tashxislash o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki maqsadga erishishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Ular: 1) o‘qituvchining kasbiy darajasini o‘rganuvchi metod, vositalarning tizimi sifatida kasbiy faoliyatdagi qiyinchiliklarni o‘rganish, ularni barataf etishning samarali yo‘llarini izlash zaruriyatini anglash; 2) pedagogik faoliyatni tashkil etishning individual uslubiga ko‘ra o‘qituvchining kuchli tomonlarini aniqlash, ularni mustahkamlash hamda rivojlantirishning aniq yo‘llari va vositalarini aniqlash10.
Yanada aniqroq qilib aytganda, pedagogik diagnostika – aniq maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni o‘zlashtirish) bo‘yicha o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish, tekshirish va baholashga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki monitoringning tarkibiy qismi11; ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash12 demakdir.
O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’lum jarayon, hodisa yoki ob’ekt bo‘yicha pedagogik
tashxis qo‘yishga qaratilgan faoliyat esa pedagogik tashxislash sanaladi. Chunki tashxislash negizida shaxs yoki avtomatik qurilma tomonidan amalga oshiriladigan real harakat yotadi.
III. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining mazmuni va asosiy tushunchalari. Har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘yadi, ushbu maqsadga erishish yo‘lida ma’lum vazifalarni belgilaydi. Qolaversa, mazkur fan o‘zining tadqiqot ob’ekti, predmeti hamda tayanch kategoriyalari (asosiy tushunchalari)ga ega.
O‘quv fanining maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti va kategoriyalari uning tadqiqot yo‘nalishi, fan sifatida o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi.
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining maqsadi – pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat13.
Har bir fan yoki o‘quv fani oldiga muayyan vazifalar qo‘yiladi. Ularning aniq
belgilanishi maqsadga tezkor va samarali erishishga yordam beradi.
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani sifatida quyidagi ikki turdagi vazifalarni hal qiladi (1-rasm):
Har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” ham o‘zinining ob’ekti va predmetiga ega.
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ob’ekti – pedagogik jarayon hamda uning barcha tarkibiy elementlari – pedagog, o‘quvchi, pedagogik faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari, metodlari, vositalari, shart-sharoitlari, texnologiyalari hamda natijalari.
O‘quv fanining ob’ekti o‘z navbatida uning predmetini belshilashga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining predmeti uning ob’ekti asosida belgilanadi. Bunda ikkita sub’ekt: o‘quvchi (bola) va pedagog, shuningdek, ta’lim va tarbiya sharoiti nazarda tutiladi (1-jadval).
|