• Standart (davlat ta’lim standarti – DTS;
  • Talab (psixologik-pedagogik talab)
  • Ko‘rsatkich
  • 1-mavzu. Pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji Reja




    Download 105,5 Kb.
    bet6/9
    Sana21.01.2024
    Hajmi105,5 Kb.
    #142517
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu

    Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali (boshi) va yakuni (oxiri) da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xatti-harakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza.
    Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl. “standard” – meyor, namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar taminoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar16. Diagnostika nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich (shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon (namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq mezoni.
    Talab (psixologik-pedagogik talab) – turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy –psixologik xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sir usuli. U ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘ladi. Psixologik va pedagogik diagnostikada talab (psixologik-pedagogik talab)lar to‘rtta guruhga ajratiladi. Ular: 1) nazariy xarakterga ega talab (psixologik va pedagogik ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, maslahat; o‘lchov birliklari); 2) amaliy xarakterga ega talab (tashxislash jarayonida ustuvor bo‘lgan omillarga tayanishni taqozo qiladigan psixologik-pedagogik talab; o‘lchov birliklari); 3) ob’ektiv qonuniyatlar asosida shakllantiriladigan tashxis tamoyillari; 4) tashxislash jarayonini tashkil qilish tartibi va qoidalari.
    Mezon (yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) – unga asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi; nimaningdir tavsifi yoki tasnifi; baholash o‘lchovi.
    Ko‘rsatkich (lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). Mezon, uning miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli holatlarini muhokama qilishga imkon beradigan o‘lchov, chegara. Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning tashqi jihatdan juda yaxshi farqlashga imkon beradi.

    Download 105,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 105,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji Reja

    Download 105,5 Kb.