"Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir"




Download 140,5 Kb.
bet10/13
Sana29.01.2024
Hajmi140,5 Kb.
#148165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu

"Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir", - degan edi milliy tarbiyamiz daxolaridan biri A.Avloniy. Hayot, najot, saodatga eltuvchi ish, tarbiyani amalga oshiruvchi zot - o‘qituvchidir.
Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinma va holatigina emas, balki pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv, asosiy rag‘bat bo‘lishi kerak. Bolalarga yaxshilik qilishimiz va mehribonligimiz, ular bilan qo‘pol muomalada bo‘lishimizga, ularning nafsoniyatini va qadr-qimmatini siqishtirishga, ularga baqirish va ularni qo‘rqitish, ulardan har birining qayg‘u alamini sezmaslikka va har biri erishgan yutug‘idan xursand bo‘lmaslikka ularga yordamga kelmasligimizga ishonchsizlik kursatishimizga yo‘l qo‘ymaydi. Bolani butun qalbi bilan sevadigan mehri daryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishali.
Insonparvar pedagog bolalarni bilim bilan tanishtirayotganda ayni vaqtda ularga o‘z xarakterini bera oladi, ularga odamiylik namunasi bo‘lib ko‘rinadi. Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q.
Shuning uchun bola o‘qituvchisini yaxshi ko‘rib qolsa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini qozonmoq o‘qituvchining zarur ishi, faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi ko‘rgan bola bilimlar olamiga kirib boradi. Jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtira boradi.
Ta’lim va tarbiya metodlari, usullari, formalari pedagogning bolalarga mehr-muhabbatidan harorat oladi va insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi.
Avvalambor, o‘qituvchining o‘zi bir shaxsiyat bo‘lishi kerak, negaki shaxsiyatni faqat shaxsiyattina tarbiyalab berishi kerak. Insonparvarlikni faqat qalb mehrigina berishi mumkin. U albatta keng ma’lumotli ijodiy kishi bo‘lishi kerak, negaki bilim ishtiyoqini faqat shu ishtiyoqda yongan kishiga yoqishi mumkin.
Bizning jamiyatda o‘qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu -umidlar bilan ruhlantirishga kelajak ideallarini hozirdan mustahkamlashni ularga o‘rgatish, kelajak bolalar qoshiga kelgan kishidir.

Download 140,5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 140,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir"

Download 140,5 Kb.