|
O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari
|
bet | 8/13 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 140,5 Kb. | | #148165 |
Bog'liq 1-mavzuO‘qituvchi shaxsining xususiyatlari:
G‘oyaviy sohada: Ilmiy dunyoqarash va e’tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - siyosiy faollik.
Pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va ko‘zatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, xaqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qatiylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik.
Bilim sohasiga: keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish.
Pedagogik faoliyatlar kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umulashtirish tajribasi bilan boyitadi.
Pedagogik malaka - egallagan bilim va kunikmalarni faoliyatning ma’lum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.
O‘qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi:
a) amaliy konstruktiv malakalar:
1. Amaliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish faoliyatining eng muhim qoidalarini tanlay bilish.
2. Har bir o‘quvchiga nisbatan uni jamoa sharoitida tarbiyalashning individual rejasini amalga oshira bilish.
3. O‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hicobra olgan holda, ularga nisbatan individual munosabatni amalga oshira bilish.
b) Tashkilotchilik malakalar:
1. o‘quvchilar orasidagi aktiv bolalarni aniqlay bilish, tanlay bilish va ularni idora qilish.
2. o‘quvchilarning turli xildagi jamoa individual holatini uyushtira bilish, ularni ijtimoiy aktivliklarini bilish.
3. o‘quvchilarga berilgan jamoa ijtimoiy topshiriqlarini berilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish va ularga zarur vaqtda amaliy yordam berish.
4. o‘zi rahbarlik qilgan sinfda amaliy ishlarni boshqarish.
5. ota-onalar va keng jamoatchilik o‘rtasida ishlar tashkil eta bilishi, maktab rejimi shunday to‘zilishi kerakki: bola maktabda yaxshi o‘qisin, samarali xizmat qilsin, yaxshi dam olsin, hamma vaqt foydali va qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘lsin, bunday faoliyatni uyushtirishga doir pedagogik talablar qo‘yiladi.
|
| |