• O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari professiogrammasida ifodalanadi, professiogramma quyidagilarni o‘z ichiga oladi
  • O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o‘rni




    Download 140,5 Kb.
    bet7/13
    Sana29.01.2024
    Hajmi140,5 Kb.
    #148165
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    1-mavzu

    2. O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o‘rni.
    Har bir jamiyatda, oldingi to‘zumlarda ham o‘qituvchi ustoz muallim oldiga eng muhim vazifa jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo‘yilgan. Hatto ibtidoiy jamoa to‘zumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko‘rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar.
    Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan, qadimgi Gresiyada bolalarni o‘qitadigan kishini didaskal ("o‘qitaman", "o‘rgataman") deb ataganlar. O‘g‘il bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan, bunday qul pedagog ("paye") bola, "agogayin" yetaklab bormoq) deb atalgan.
    Bu tushunchalar hozirda ham o‘qituvchiga nisbatan ishlatilib kelinadi. Lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.
    Har bir jamiyatda ham pedagoglarga o‘qituvchi tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil o‘zbekistonimizda o‘qituvchiga hurmat e’tibor va unga qo‘yiladigan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormokda.
    Hozirgi kunda o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayottan ijodkor o‘qituvchilar soni yil sayin ortib bormokda. Mohir o‘qituvchilarni aniqlash uchun o‘tkazilayottan tanlovlar ana shu yutuqlarga omil bo‘lmoqda. Maktablarda metodist o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.
    1997 yil 6 oktyabrda Birinchi Prezidentimizning "Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilinib, bunda shunday deyiladi: "Ta’lim muassasalarida birinchi navbatda Oliy ta’lim muassasalari professor-pedagogik xodimlar safidan yetuk o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limidagi ijobiy tajribalarini o‘rganishi o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishini ta’minlash maqsadida "Ustoz" respublika jamg‘armasi tashkil etilsin".
    O‘qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, iqtidorli, yosh pedagoglarni aniqlash, ularning iqtidori kasbiy malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarni yetuk o‘qyv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirishga ko‘maklashish maqsadida,bu jamg‘arma to‘zilgan edi.
    Umuman o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markazida turibdi. o‘qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi mushoxadali bo‘lishlariga e’tibor berilayotir.
    Bu g‘amxo‘rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog‘liqdir.
    Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan bolalarga ta’lim tarbiya berish maxsus tayyorlangan insonlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o‘qituvchilarning faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
    Har bir bola o‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayottan yoshlar ana shunday xususiyatlarni bilishi lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari professiogrammasida ifodalanadi, professiogramma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    1. O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari.
    2. O‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar.
    3. Maxsus tayyorgarlikni hajmi va mazmuni.
    4. Ixtisosga oid umumiy tayyorgarlikning mazmuni.

    Download 140,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 140,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o‘rni

    Download 140,5 Kb.