|
Quyidagi matnni o‘qib unga nisbatan o‘z munosabatingizni bildiring
|
bet | 13/13 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 140,5 Kb. | | #148165 |
Bog'liq 1-mavzuQuyidagi matnni o‘qib unga nisbatan o‘z munosabatingizni bildiring.
Muhandis-pedagog faoliyatining asosiy tashkil etuvchilari. (komponentlari)
1. Loyihalash:
a) O‘quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni muvaffaqiyatga eltuvchi vaziyatlar yaratish;
b) axborotni iqtidorli va pas o‘zlashtruvchi o‘quvchilarga tushunarli qilib o‘zgartira olish.
2. Konstruktsiyalash:
a) mashg‘ulot loyihasini turli vaziyatlarda moslab to‘za olish;
b) darsda ixcham (gibkiy) bo‘lish, sodir bo‘lgan vaziyatga qarab uni qayta ko‘rish (materialni), tushuntirish, axborotni o‘zlashtirilishini ta’minlash.
3. Muloqotga moyillik (kommunikativlik)
a) xushmuomila va talabchan bo‘lish;
b) o‘quvchilarni javobgarlikni oshiradigan vaziyatlarga duchor qilish;
v) o‘quvchilarni o‘ziga yaqin tutishlariga erishish.
4. Tashkilotchilik:
a) o‘quvchilar musaqil bilish faoiyatlarini tashqil etish va boshqarish;
b) o‘quvchilar diqqat va qiziqishlarini o‘ziga jalb qilish.
5. Gnostik (bilishga oid):
a) o‘zi va o‘quvchilar faoliyatida ro‘y beradigan qiyinchiliklarni tashhislash, ularni bartaraf qilishga o‘rgatish;
b) o‘z faoliyatini tahlil qilish;
v) faoliyat natijasini oldindan yaqqol ta savvur etish.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlariga erishganligingizni o‘zingiz sinab ko‘ring. Yanada yuqoriroq ball olish itsagingiz bo‘lsa ushbu ma’ruza matniga murojaat qiling.
Adabiyotlar:
Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq 1997. - 64 b.
N.P.Anikeeva. Jamoadagi ruhiy muhit T.: «O‘qituvchi» 1993. 256 b.
Osnova pedagogicheskogo masterstva Pod redaksiey.
A. Zyazuna. M.: Prosvehenie. 1989. - 302 s.
V.A. Kan-Kalik., N.D. Nikandrov. Pedagogicheskoe tvorchestvo. M.: Pedagogika. 1990. 144 s.
|
| |