|
Shuning uchun hozirgi kun o‘qituvchisi
|
bet | 5/13 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 140,5 Kb. | | #148165 |
Bog'liq 1-mavzuShuning uchun hozirgi kun o‘qituvchisi:
milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mO‘qammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol;
ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan;
o‘qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko‘radigan, har bir o‘quvchi ulg‘ayib, yaxshi odam bo‘lishiga chin ko‘ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashadigan;
erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo‘lmog‘i darkor.
Davlatimiz xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
«Pedagogik mahorat» fanining maqsadi pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini shakllantirish, pedagogik texnikani egallash to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat.
Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish orqali hal etiladi:
-pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish:
-pedagogik mahoratning pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat kabi tarkibiy qismlari haqidagi malakalarni yechish:
-pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilish:
-egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik mahoratni yaratish malakalarini hosil qilish:
-o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun shaxsiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalari bilan o‘qituvchi-tarbiyachi, talabalarni tanishtirish.
|
| |