|
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o‘qituvchi faoliyati mazmuniga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 4/13 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 140,5 Kb. | | #148165 |
Bog'liq 1-mavzu1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o‘qituvchi faoliyati mazmuniga qo‘yiladigan talablar.
O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak. Bundan ko‘rinadiki, o‘qituvchi avvalo zamonaviy bilim bilan qurollangan bo‘lishi lozim.
... eski ta’lim tizimining yana bir qusuri, boshlang‘ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayottanligimizdadir, — deydi birinchi prezidentimiz.
Boshlang‘ich ta’limga past nazar bilan qaralishining isboti shuqi, sobiq SSSRda butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1-4 sinf o‘quvchilarni o‘qitadigan muallimlar tayyorlar edi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylarni biriktirib qo‘yilishi oddiy mantiqning o‘zini talab etadi.
Hozirda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.
O‘qituvchiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab, yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur tushunib yetib va bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasida "kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega" ekanligi ta’kidlanadi.
Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kunimiz talabi bo‘yicha o‘qituvchiga qo‘yilgan talablar ham kengayib, murakkablashib bormoqda.
O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi, o‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti kichik pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o‘qituvchi faoliyati mazmuniga qo‘yiladigan talablar
|