• X o‘ sh pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topgan
  • A.S. Makarenko aytganidek
  • Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari q u yidagilardan iborat
  • O‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar




    Download 140,5 Kb.
    bet9/13
    Sana29.01.2024
    Hajmi140,5 Kb.
    #148165
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    1-mavzu

    O‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar:
    1. Faoliyatdan kutilgan maqsadni o‘quvchilar jamoasi ham alohida o‘quvchi ham aniq his qilsin. (Masalan: metallom yig‘ish bunga o‘z xohishlari bilan kirishishlari lozim) .
    2. Faoliyatni tashkil etish o‘quvchilar tashabbusi va ijobiy faollikka suyanish lozim. Ishni taqsimlash, rejalashtirish, hisobga olish, natija chiqarish kabilarni o‘quvchilarning o‘zlariga havola qilish kerak.
    3. O‘qituvchi faoliyatiga pedagogik rahnamolik qiladi.
    4. Faoliyat jarayonida har bir bola sohibkorlik va ijrochilik malakalarini egallab borishi.
    5. Ish natijasini muhokama qilish, ishtirokchilarni rag‘batlantirish.
    Xo‘sh pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topgan?
    Bu fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarining yengishga qodir bo‘lgan nufo‘zli rahbarlik bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamdir.
    Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko‘prok natijalarga erishish imkonini beradi.
    Har bir mohir pedagogning shunday zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur masalalarni hal qilish pedagogdan odatdan tashqari kuch-g‘ayratni, qatiyatni, tirishqoklikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi kollektivga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql-idrokni bir vositani boshqasi bilan tekshirib kurish malakasini talab qiladi.
    A.S. Makarenko aytganidek, "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, agar u bolalar muhitidagi ilg‘or kuchlarga tayana olmas ekan, ularning o‘stirishini rag‘batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta’sir ko‘rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya’ni o‘ziga eng oson yo‘lni tanlaydi.
    Chinakam mahorat bilan obrutalablik bir biri bilan sig‘isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar sistemasi bolalarning ijodiy kamolatiga yordam berishi lozimligini o‘ylasa, obro‘talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so‘zsiz qo‘loq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko‘maklashadi."
    Pedagogik mahorat o‘ziga bolalar haqidagi ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘la olmaydi.
    Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Bolalarni ko‘zatish, ularni o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo‘ladi.
    Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
    a) o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlik yo‘nalishi;
    b) ixtisosga doir bilimlar mutaxasislik fanini, uni o‘qitish metodikasini pedagogika va psixologiyani chuqur bilish;
    v) pedagogik qobiliyat (bilish, tushuntira olish, ko‘zatuvchanlik, obru orttira olish, to‘g‘ri muomala qila olish, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari va pedagogik nazokat odob-axloq);
    g) pedagogik texnika (nutq malakasi, mimik pontamimik ifodaliligi, o‘z hissiy holatini boshqarishi.)

    Download 140,5 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 140,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar

    Download 140,5 Kb.