|
Pedagogik mahorat-sistemasi va uning tashkil etuvchilari
|
bet | 12/13 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 140,5 Kb. | | #148165 |
Bog'liq 1-mavzu4. Pedagogik mahorat-sistemasi va uning tashkil etuvchilari.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini turli o‘quv faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o‘quvchilarda muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar va xulqni shakllantiradi.
Lekin, aynan bir xil metod bilan ishlagan turli o‘qituvchilarning erishgan natijalari ham turlicha bo‘lishi aniqlangan. Buning uziga, sinovdan o‘tkazilgan metodlardan foydalangan bo‘lsalarda, ayrim o‘qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi o‘zlashtirish natijalariga ham erisha olmaganlar. Bunday o‘qituvchilar: "Hamma narsani metodik tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar mavqiy solish, qaysarlikni va dars tayyorlamaslikni yana davom ettirmoqdalar?"- deb hayron bo‘ladilar. Gap shundaki, o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, o‘quvchilar bilan muomilasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Lekin, odatda bo‘larning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali pedagog uning hatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatatganligiga ahamiyat berib, unga kerakli to‘zatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Bunday o‘qituvchilarning ilhombaxsh muammolaridan o‘quvchilarda o‘qishga intilish o‘zlarida yanada yaxshiroq o‘qishni uddalay olishiga ishonch hissi paydo bo‘ladi. Bu holda ta’lim va tarbiya metodlari pedagog shaxsida mujassamlangan sifatlarni amalga oshirish va undan o‘quvchiga axloqiy fazilatlarni o‘tkazish vositasiga aylanadi. Shuning uchun ham, pedagogik mahoratni o‘qituvchi shaxsi sifatlarining majmui sifatida qarab, uni o‘qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishini e’tirof etish lozim.
Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha qismlardan tashqil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahoratni «pedagogik sistema» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta’riflanadi: «Pedagogik mahorat shaxs sifatlari majmui va o‘qituvchi tomonidan professional-pedagogik faoliyatni musaqil ravishda yuqori saviyada tashqil etishni ta’minlash bo‘lib, u pedagogni o‘z faoliyati mohirligining eng yuqori cho‘qqisiga erishganligini bildiradi». Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagogik mahorat – bu pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashqil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomnlama rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarash qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimioiy zarur mehnatga moyillik uyg‘otishdir.
Muhandis-muallim pedagogik mahorati nazariyasini yaratishda Ural davlat professional-pedagogik universitet olimlari (Bezrukova V.S., Romantsev G.M., Tkachenko Ye.V., Zeer E.F) munosib hissa qo‘shganlar. O‘zbyokisonda bu masala bo‘yicha pedagog olimlardan Jo‘raev R.X., Nishonaliev U.N., Mirsaidov K.J., Choriev E.T. va boshqalar samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Pedagogik mahorat yaxlit sistema sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltirilganligi; mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional bilimlarga ega bo‘lishi;
pedagogik qobiliyatga ega bo‘lishi (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy musaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash («yuzidan uqib olish»)); pedagogik texnikani egallashi, ya’ni o‘z-o‘zini boshqara olishi, o‘zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalashi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, ba’zan uning egallagan nuqtai nazarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, birinchi kurs o‘quvchilarini ertaga yana paxta terimiga olib chiqish kerak, Lekin o‘quvchilar: «Biz bormaymiz, chunki oldingi O‘qnlarda terga paxtamiz dalada chirib ketyapti, uni olib ketishmadi» - deb qaysarlik qilishadi. Pedagog o‘quvchilarning haqligini sezib tursada, «Yo‘q chiqishingiz shart, paxtani olib ketishi bilan ishlaring bo‘lmasin»-deb o‘z fikridan qaytmayapti.
Bunday nuqtai nazarda to‘rgan pedagogda odamiylik, insonparvarlik yetishmasligini yaqqol ko‘rish mumkin. U hamkorlikda harakat qilib, paxtani tezroq olib ketilishi haqida fikr yuritsa, maqsadga muvofiq balar edi.
Professional bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashqil qiladi. Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘zi dars berayotgan fanni, o‘ni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlaridan puxta bilimga ega bo‘lishi, pedagog professional bilimlari mazmunini tashqil etadi. Professional-pedagogik bilimlarni o‘ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo‘lishi va har bir o‘quvchida shaxsiy «ohang» kasb etishidir.
Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli o‘tishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixik jarayonlarni qanday kechayotganligini bildiradi. Bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan holda, oltita yetakchi pedagogik qobiliyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Kommunikativlik (muloqotga moyillik), odamlarga nisbatan ko‘ngilchan bo‘lish, mehribonlik;
Aql bilan sezish-kasbiy ziyraklik, boshqalarga hamdard bo‘lish, ichki (hissiy) sezgirlik;
Shaxsning harakatchanligi, irodaviy ta’sir ko‘rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyatlari;
Hissiy barqarorlik-o‘zini boshqara olishi;
Kelajakni eng maqbo‘l holda bashorat qilish;
Kasbiy mustaqillik-ijod qilishi qobiliyati.
Pedagogik texnika ikki turdagi ko‘nikmalar guruhidan iborat. Birinchisi – o‘zini o‘zi (gavdasi, hissiy holati va nutq texnikasi) boshqara olishi, ikkinchisi – pedagogik vazifalarni hal etishda o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlashni uddalash (didaktik, tashqilotchilik malakalari, bevosita ta’sir etish texnikasi), bu haqda keyingi ma’ruzalarda batafsil to‘xtalamiz.
Pedagogik mahoratning biz yuqorida ko‘rib chiqqan tarkibiy qismlari, uni sistemaviy harakterga ega ekanligini anglatadi. Pedagogik mahoratning yaqqol tashqi belgilari: faoliyatni aniq maqsadga yo‘naltirilganligi, vazminlik, mulohaza yuritish, o‘quvchilar bilimini puxtaligi, eng maqbo‘l vositalarni tanlanganligi, o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshuvi.
Muhandis-pedagog o‘z mahoratiga quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin:
1. Psixologiya va pedagogika turkumidagi fanlarni chuqur o‘rganish;
2. Maxsus va umumtexnik fanlar, ularni o‘qitish metodikasidan puxta bilimga ega bo‘lish;
3. Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o‘tkazish;
4. O‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, boshqalar tajribasini o‘rganish;
5. O‘z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o‘qib borish.
|
| |