1-Mavzu Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati




Download 140,5 Kb.
bet6/13
Sana29.01.2024
Hajmi140,5 Kb.
#148165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu

Pedagogik mahorat – bu o‘qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, hayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k,) va kasbiy, (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligida, o‘quvchi-yoshlarni o‘qitish ,tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab-topib, amaliy faoliyatida qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z o‘quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini o‘zlashtirishi hamda insoniylik va fidoiylikni o‘zida tarkib toptirishga intlishi lozim. Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, o‘qituvchilik kasbi murakkab va qiyindir. Ushbu kasbning qiyin va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo tirik, ongi jonzot bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchi bilan doimo muloqotda bo‘lish, unga ta’sir ko‘rsatish, undan psixologiya, tarbiya nazariyasini mO‘qammal bilishni taqozo qiladi. Bu o‘qituvchidan pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lish lozimligini ta’kidlaydi.
Ensiklopediyada yozilishicha "Faoliyat - atrofdagi olamga nisbatan insonning o‘ziga xos aktiv munosabati shakli. Odamni maqsadga muvofiq va qayta o‘zgartirish faoliyatning mazmunini tashkil etadi. Har qanday faoliyat maqsad, usul, natija va jarayonlardan iborat. Har qanday faoliyat singari o‘qituvchilik faoliyati ham maqsad, usul, vosita, ob’ekt va sub’ekt majmuasidir. Pedagogik maqsad o‘qitish, tarbiyalash asosida ma’naviy barkamol shaxsni shakllantirishni, usul tarbiyalanuvchilar obro‘siga, hurmatiga sazovor bo‘lishni, pedagogik mehnat ob’ekti sifatida - O‘qituvchining shaxsi (xarakteri, irodasi, hulq-odobi, tafakkuri va h.k.) Sub’ekt sifatida tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi. o‘qituvchi o‘qituvchilarni borliq bilan tanishatirar ekan, ularga tabiat-jamiyat va tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlari haqida tushuncha berar ekan, avvalo mana shu jarayonlarini o‘z faoliyatining ob’ektiga aylantiradi. Darhaqiqat, pedagogik faoliyat - bu o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish, vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional aktivligidir. O‘qituvchi mazkur faoliyat jarayonida o‘qitadi, yo‘l-yuriqlar ko‘rsatadi, tarbiyalaydi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil qiladi, Prezident, hO‘qumat farmoyishlarini targ‘ibot qiladi, o‘z malakasini oshirish uchun mustaqil bilim olishni rejalashtiradi, oqibat natijada o‘zi ham kamol topadi, o‘quvchilarni ham kamol toptiradi.
Qayd qilib o‘tilganlar bevosita va bilvosita pedagogik mahoratni shakllantirish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik faoliyat aniq ko‘rinishda bo‘lsa o‘qituvchi o‘qitish, tarbiyalash va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish vazifalarini aniq hal etishga harakat qiladi. Mazkur jarayonda faoliyat aqliy-ruhiy jihatdan ta’sir ko‘rsatish, natijalarni nazorat qilish, tahlil qilish va baholash hamda yangi vazifalarni belgilash uchun tayyorlanish bilan chegaralanadi. Bilimlarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchi shaxsining shakllanishi va rivojlanishi ta’minlanadi. Oqibat-natijada jamiyat talabi va vazifalari bajariladi. Bunday jarayonni tashkil qilish uchun o‘qituvchi o‘z oldiga turgan jamiyat talabiga molik bo‘lgan vazifalarni anglashi, vaziyatni tushunishi, har bir o‘quvchining o‘zlashtirish jarayonini rivojlantirib, shaxs darajasiga kO‘tarilish mezonlarini aniq ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i darkor. Bu o‘qituvchidan katta tajriba va bilim talab etadi. Buning uchun mahorat zarurdir. Pedagogik mahoratni egallagan o‘qituvchi ko‘p mehnat va kuch sarflab, yaxshi natijalarga erishadi. Yangilikka intilish, ijodkorlik doimo uning hamkori bo‘ladi.



Download 140,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 140,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati

Download 140,5 Kb.