№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

11.3. Aralash dars 
Mavjud maktab amaliyotida eng keng tarqalgan dars tipi bu aralash 
(kombinatsiyalashgan) dars tipidir. Mazkur darsda turli xil didaktik 
vazifalar hal qilinishini inobatga olib "aralash" (kombinatsiyalashgan) 
deb nomlanadi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy 
1
Махмутов М. И. Современный урок. — 2-е изд. — М., 1985. 


195 
vazifalarini tekshirish va o‘quvchilar bilan savol-javob, yangi 
materialni o‘rganish, o‘zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq 
misollari 
davomida 
yangi 
bilimlarini 
mustahkamlash, 
ilgari 
o‘rganilganlarni suhbat ko‘rinishida takrorlash, o‘quvchilar bilimlarini 
tekshirish va baholash, uyga vazifa berish. 
Aralash dars tipi quyidagi bosqichlardan iboratdir: 
Tashkiliy bosqich. Didaktik vazifasi — o‘quvchilarni darsga 
tayyorlash. O‘tilganlarni takrorlash bosqichi. Didaktik vazifasi — 
tekshirish. 
Aktiv o‘quv bilish faoliyatiga tayyorlash bosqichi. Didaktik 
vazifasi — o‘quvchilarni bilish faoliyatiga tayyorlash. 
Yangi bilimlarni o‘zlashtirish bosqichi. Didaktik vazifasi — 
o‘quvchilarda hodisa, jarayon, tushunchalar to‘g‘risida tasavvurlarni 
shakllantirish. 
O‘quvchilarni yangi materialni tushunganligini tekshirish bosqichi. 
Bilimlarni mustahkamlash bosqichi. Didaktik vazifasi — 
bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish. 
Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish bosqichi. 
Bilimlarni nazorat qilish bosqichi. 
Uy vazifasi haqida axborot berish bosqichi. 
Bosqichlar dars tiplariga qarab o‘zgarishi mumkin. 
 
11.4. Yangi materiallarni o‘rganish darsi 
O‘quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi 
bilimlarni berish (o‘rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni 
o‘z ichiga olgan va uni o‘rganishga ko‘p vaqtini talab qiluvchi, 
o‘quvchilarga tanish bo‘lmagan yangi material uning mazmuni bo‘lgan 
ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va 
o‘quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga harab ba’zi 
hollarda yangi materialni o‘zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – 
o‘qituvchi rahbarligi ostida o‘quvchilarning mustaqil ishlari olib 
boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. 
Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni 
o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash, 
o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, 
bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga 
vazifa berish. 


196 
Yangi materialni o'rganish shakllari quyidagilar bo'lishi mumkin: 
♦ ma'ruza; 
♦ o'quvchilarni alohida masalalarni muhokama qilishga jalb qilish 
bilan o'qituvchining tushuntirishi; 
♦ evristik suhbat; 
♦ darslik va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash; 
♦ tajriba va eksperimentlarni tashkil etish va o'tkazish.

Download 3,05 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish