Darsga qo‘yiladigan talablar




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
11.8. Darsga qo‘yiladigan talablar 
Dars rivojlanishining asosiy tendentsiyalari darsga bo‘lgan 
talablarda o‘zining aniq ifodasini topadi. 
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: 

fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida 
tashkil etish; 

darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal 
nisbatlarini ta’minlash; 

o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga 
olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun 
zarur sharoitlarni yaratish; 

o‘quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni 
o‘rnatish; 

ilgari 
o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, 
o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish; 

shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va 
faollashtirish; 

o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi 
va emotsionalligi; 

pedagogik vositalardan samarali foydalanish; 

zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat 
ratsional usullarini shakllantirish; 

mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga 
keltirish; 

har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va 
taxmin qilish. 
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga 
yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga 


199 
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
talablarda aniq ifodalanadi. 
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim 
vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va 
shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, 
idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, 
metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini 
shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan 
birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga 
foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va 
boshharuvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan 
o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi. 
Darsga nisbatan qo‘yilavdigan tarbiyaviy talablar o‘quv 
materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, 
aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish 
va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy 
ravishda 
kelib 
chiqadigan 
tarbiyaviy 
masalalarni 
belgilash, 
o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim 
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, 
mas’uliyatlilik, intizomlilik, 
mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va 
boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda 
bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan 
hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor 
bo‘lishdan iborat. 
Barcha 
darslarda 
doim 
amalga 
oshirilib 
boriladigan 
rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati 
ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish 
hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari 
darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini 
loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg’ulotlarini 
tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag’batlantirish, 
o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi 
«sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni 
hisobga olish asosida o‘quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish 
kabilar kiradi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish