• 1. Yo‘naltiruvchi.
  • 3. Attestatsiya (nazorat qilish).
  • Yakuniy nazoarat va baholash




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Yakuniy nazoarat va baholash attestatsiya paytida, talaba butun 
    o'quv dasturini o‘zlashtirilgandan so'ng amalga oshiriladi. Uning 
    shakllari va tartibi ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi va 
    komissiya asosida o‘tkaziladi. 
    Ta'lim jarayonida bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish 
    va baholashning asosiy funksiyalari: 
    1. Yo‘naltiruvchi. Ushbu funksiya quyidagicha amalga 
    oshiriladi: joriy baho talabaga ma'lum bilim, ko'nikma va malakalarni 
    qanchalik muvaffaqiyatli egallaganligini aniqlaydi va shu bilan ularni 
    tuzatish va takomillashtirishga hissa qo'shadi. Ushbu funksiya odatda 
    joriy tekshirish va baholash orqali amalga oshiriladi. 
    2. 
    Rag'batlantiruvchi 
    (stimullashtiruvchi). 
    Ma'lumki, 
    tekshirish va baholash ko'p hollarda talaba tomonidan o'quv materialini 
    o'rganish uchun zarur bo'lgan rag'batlantiruvchi omil hisoblanadi. Shu 
    nuqtai nazardan, nazoratlarning tizimliligi va muntazamligi muhim 
    ahamiyatga ega. Imtihon yoki yozma ishlarida foydalaniladigan 


    274 
    mezonlar o‘qituvchining talabalarga "nimani" va "qanday" o‘qitganini 
    belgilaydi.
    3. Attestatsiya (nazorat qilish). Ushbu funksiya talabalarni 
    mashg'ulotning ma'lum bir bosqichida o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va 
    malakalarini aniqlashda namoyon bo'ladi. Bu ularning keyingi 
    bosqichda o'qish yoki ishlashga tayyorligini aniqlash uchun zarur. 
    Nazorat tegishli ta'lim dasturining maqsadlariga erishish va ta'lim 
    sifatini ta'minlash uchun mo'ljallangan. Bu oraliq va yakuniy 
    attestatsiya orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi talabani oraliq baholash 
    jarayonida unga ma'lum bir belgi qo'yish orqali talabaning tegishli kurs 
    bo'yicha bilimlarni egallaganligiga kafolat beradi. Talaba tomonidan 
    o'rganilgan mavzularning jami va olgan baholari uning ushbu ta'lim 
    dasturiga tayyorlik darajasini tavsiflaydi. Davlat attestatsiya 
    komissiyasi tomonidan o'tkaziladigan yakuniy attestatsiya paytida 
    tekshirish va baholash mustaqil monitoringni o'tkazish va talabaning 
    ta'lim dasturining maqsadlariga erishganligini ta'minlash uchun 
    mo'ljallangan. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish