273
18-MAVZU. PSIXOLOGIYA FANLARIDAN BILIMLARNI
NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNI TASHKIL QILISH
Tayanch so‘zlar: nazorat turlari, ta’lim
maqsadining masshtabi, ta’lim bosqichlari, nazorat,
o‘zini o‘zi nazorat qilish, tekshirish, baholash,
obyektivlik,
validlik,
ishonchlilik,
differensiallashganlik,
tizimlilik,
muntazamlilik,
maxfiylik.
18.1. Psixologiya fanlaridan nazorat turlari
Bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirish va baholash joriy,
oraliq va yakuniy nazoratlar orqali amalga oshiriladi.
Joriy nazorat va baholash kurs uchun ajratilgan o'quv
mashg'ulotlari doirasida amalga oshiriladi. Uning shaki va tipini
o'qituvchi belgilanadi.
Oraliq nazoarat va baholash o'quv kursini birqismi yoki butun
kursni o'rganish natijalari asosida amalga oshiriladi.
Uning shakli va
tipi ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Bu yozma ish, test,
imtihon bo'lishi mumkin. Oraliq nazoarat ko'pincha o'quv kursini olib
borgan o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.