270
sharoitlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha qilib
aytganda, trening muloqotga o‘rgatishdir. To‘g‘ri, odam kishilar
jamiyatida yashar ekan, kundalik muloqot jarayonida turli muloqot
shakllariga o‘rganib, o‘zida ma‟lum muloqot malakalarini shakllantirib
boradi. Lekin insonda bunday malakalar stixiyali tarzda yoki maqsadga
qaratilgan holda ham hosil qilinishi mumkin.
Oxirgi holat hozirgi
zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida
to‘g‘ri moslashishiga yordam beradi. Bu narsa insonda, ijtimoiy aql-
zakovatning shakllanishiga olib keladi. Ma’lum bir muammolarni xal
qilishda psixologik trening deb ataluvchi o‘yin va mashqlar
to‘plamidan iborat mashg‘ulotlar yordam beradi. Shuni alohida qayd
etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu
boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarni
hosil qilish ham trenerdan
shaxs psixologiyasi, shaxsning individual psixologiyasi bilan ishlashni
taqozo yetadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar
psixologik treninglar deb ataladi. Har qanday psixologik treninglarni
tashkil etish qo’yidagi bosqichlardan tashkil topdi:
guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi - trening guruhini,
ya’ni treningda ishtirok etuvchilar guruhini yig‘ishga qaratilgan
bosqich;
boshlang‘ich bosqich – guruh normalarni ishlab chiqish
bosqichi. Guruhiy normalar guruhda mashg‘ulotning dastlabki
soatlaridanoq samimiylik, o‘zaro ishonch, o‘zaro
hurmat muhitini
vujudga keltirish maqsadida qabul qilinadi. Guruhiy normalarni ishlab
chiqish jarayonida ishtirokchilar bilan bu normalarga albatta rioya
qilish kerakligi tug‘risida kelishish va har bir a‟zoning roziligini olish
kerak;
ishni olib borish bosqichi - bu trening jarayonini va
mashg‘ulotlarning qanday olib borilishi, ularning turlari, trening
jarayonida qo‘llaniladigan usullardan iboratdir;
yakunlash bosqichi – trening
yopilishini yuqori hissiy
to‘lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir
ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari
uchun o‘zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo‘lib
o‘tgan trening samarasi haqida fikrlarini so‘rash, hamda
ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish,
guruh
271
ishtirokchilari bilan bo‘lib o‘tgan trening mashqlariga yakun yasash
hamda erishilgan natijalar bo‘yicha xulosa qilish bosqichi.
Trening-inglizcha “maxsus rejim, trenirovka” degan ma‟noni
bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta‟lim mahsuli
sifatida shakllanib boradi. Ijtimoiy psixologik treninglar ikki xil
vazifani:
1) muloqot va pedagog muomala qonuniyatlarini o‘rganish;
2) pedagogik kommunikatsiya texnologiyasini egallash, kasbiy
pedagogik muomala ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni
tahminlaydi.
Ijtimoiy psixologik trening muammosining nazariy va amaliy
tomonlari ajratib ko‘rsatiladi. Amaliy tomoni
trening ishtirokchilar
bilan bo‘ladigan muloqot ko‘nikmalari va malakalarini egallashga va
ularni chiniqtirishga qaratilgan mashqlar:
darsning barcha bosqichlarida izchillik bilan harakat qilish
malakalarini, pedagogik ish davomida mushaklarning zo‘riqishini
so‘ndirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni taqsimlash malakasini
shakllantirishga, kuzatuvchanlikni namoyon qilishga qaratilgan
mashqlarni taqozo etadi.
Ijtimoiy aql-zakovatga ega bo‘lgan shaxs o‘zini ham, o‘zgalarni
ham, ularning o‘zaro munosabatlarini ham to‘g‘ri anglaydi hamda turli
muloqot shakllarini bashorat qila oladi. Ana shunday aqlning bo‘lishi
uchun psixologlar maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari
tashkil etishni taklif qilib chiqishgan. Shunday maqsadlarda G‘arbda
mashhur bo‘lgan
T-guruhlar tashkil etilib,unga ixtiyoriy muloqot
jarayonida ma’lum qiyinchiliklarni his qilayotgan shaxslar taklif etiladi.
Ijtimoiy
psixologik
treningning
asosiy
metodlariga
guruhiy
munozaralar, rolli o‘yinlar va psixologik sezgirlikni oshiruvchi
treninglar kiradi. T-guruh a’zolari odatda 7 kishidan 15 kishigacha
bo‘lib, mashg‘ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom
etadi. T-guruhning ahamiyati shundan iboratki, u birinchidan, odamlar
o‘rtasida iliq o‘zaro munosabatlarning shakllanishiga olib kelib,
shaxsda birovni tushunishga intilish, uning manfaati yo‘lida o‘z
qarashlarini ham qayta analiz qilish ehtiyojini paydo qiladi.
Ikkinchidan, T-guruh a’zolari o‘rtasida
shunday umumiy
“psixologik til” paydo bo‘ladiki, ular tez orada o‘zgalarni va o‘z his-
kechinmalarini anglabgina qolmay, balki bir-birlariga ham ijobiy ta‟sir
272
ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ularda muloqot mobaynida
o‘zini “o‘zgalar” o‘rniga qo‘yish, ularning ichki olamini to‘g‘ri
tushunish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. Uchinchidan, T-guruhdagi
mashg‘ulotlar muloqot jarayonining turli murakkab qirralaridan
tashqari, uning mazmuniy tomonlari bo‘yicha ham ishtirokchilarni
chiniqtiradiki, ular muomaladagi har bir ibora va imo-ishoraning tub
ma‟nosini tushunishga erishadilar. Masalan, “xayr, yaxshi qoling”
iborasini uning qanday ohangda, qay holatda aytilishiga qarab,
suxbatdoshning “yashirin” niyatlarini o‘qib olish va shunga ko‘ra
harakat qilishga o‘rgatadi.