• Natijalarni taqsimlash asosida baholash.
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Normativ baholash imtihon oluvchilar tomonidan oldindan 
    belgilab qo'yilgan ma'lum normalarga asosan o'quvchilar (talabalar) 
    bilimlaring darajasini baholashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, talaba 
    qanchalik to'liq, aniq, chuqur bilimga ega ekanligi baholanadi.
    Natijalarni taqsimlash asosida baholash. Amerika ta'limidagi 
    ushbu baholash strategiyasi "egri chiziq bo'yicha baholash" deb 
    nomlanadi. "Egri chiziq" deganda biz ushbu kursning barcha talabalari 
    olgan ballar taqsimotining egri chizig'ini tushunamiz. Ushbu egri 
    chiziqqa muvofiq, talabalarning ozgina qismi o'rtacha darajadan past 
    (masalan, "qoniqarli") baholarni oladilar, yana bir kichik ulush - 
    o'rtacha qiymatdan yuqori (masalan, "a'lo"), aksariyat o'quvchilar egri 
    chiziqning markaziy qismiga tushib, o'rtacha baholarni oladilar ( 
    masalan, "yaxshi"). Shunday qilib, bitta talabaning bahosi va darajasi 
    boshqalarning darajasiga bog'liq. Bunday baholash strategiyasi bilan 
    qat'iy belgilangan bilim standartlari mavjud emas, ular haqiqiy 
    baholash jarayonida o'zgaradi. 
    Psixologiya fanlarini o‘qitishni rejalashtirish talabalar bilimlarini 
    nazorat qilish va baholash bo'yicha tadbirlarni rejalashtirishni ham o'z 


    277 
    ichiga oladi. Bu uchun o‘qituvchi qo‘yidagilarni oldindan ta'minlashi 
    kerak: 
    1) talabalarning darsdagi yutuqlarini baholashda qanday mezon va 
    ko'rsatkichlardan foydalanishi; 
    2) darslarga qatnashish va talabalar faolligi hisobga olinishi
    3) bilimlar tekshirish qanchalik tez-tez o'tkazilishi; 
    4) baholashning qaysi turlari va shakllaridan foydalanishi; 
    5) nazorat jarayonlarini qachon amalga oshirilishi: sanalar va 
    vaqtlar; 
    6) har bir nazorat jarayonining davomiyligi qanday bo'lishi va 
    buning uchun qanday o'quv soatlaridan foydalanishi; 
    7) kurs davomida har bir joriy bahoning yakuniy bahoga qo'shgan 
    hissasi qanday bo'lishi. 
    Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar talabalarni birinchi darsda 
    xabardor qilish maqsadga muvofiqdir. Bu ularga o'zlarining ta'lim 
    faoliyatining asosiy turlarini oldindan rejalashtirish, o'qituvchining kurs 
    bo'yicha bilimlarni baholash talablariga o'z vaqtida moslashishga 
    imkon beradi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish