Restoran biznesida dizayn va reklama




Download 3,44 Mb.
bet120/121
Sana16.12.2023
Hajmi3,44 Mb.
#120026
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Restoran biznesida dizayn va reklama

vositalari
Restoranning joylashuvi ko‘p hollarda uning kelajagidagi mijozlari oqimini belgilab beradi. Shahar ichida joylashgan restoran mijozlari shahar tashqarisida joylashgan restoranlar mijozlaridan u yerga piyoda borish yoki transportda imkoniyati mavjudligi bilan ham farq qiladi. Restoran ma’muriyati bu omilni hisobga olgan holda, uning intereri, xizmat ko‘rsatishi, oshxonasi, menyusi va taomlari mijozlarga mos kelishiga harakat qilishi zarur.
Restoran dizayni, bino hajmi va shakli, devor va shiftlar rangi, jihozlari restoran mijozlari va menyusiga mos kelishi kerak. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar restoran devorlari qizil - jigar rangda bo‘yalgan bo‘lsa, taom ko‘p iste’mol qilinar ekan.
Restoranlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularni jihozlash turlari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Masalan, restoranda o‘z- o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘lsa, u yerda katta yorqin xona va qattiq stullar bo‘ladi. Agar yuqori darajali restoran bo‘lsa, u yerda nim qorong‘ulik, alohida xonalar, yumshoq mebellar, gullar va devorda rasmlar bo‘ladi. Yana bir omil sifatida «muhit» ya’ni «atmosfera» bo‘lib, u nafaqat dezayn va bezak, balki stollarning joylashuvi, ofitsiantlarning kiyimi, xizmat ko‘rsatish turlari, musiqa, mijozlar kiyimi, shovqin darajasi, bino harorati, tozalik va boshqa omillar yordamida yaratiladi. Hamma narsa restoranda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor segmentiga bog‘liq. Faqat haddan tashqari bachkanalikdan qochish lozim. Ya’ni restoran juda ham tinch yoki shovqin, yorqin yoki qorong‘u, keng yoki tor bo‘lmasligi kerak.
Umumiy ovqatlantirish korxonalari reklamalari qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu eng avvalo restoran, kafe, barlarning joylashgan joyi, ko‘rsatiladigan xizmat turlari, ularga bo‘lgan munosabatini aniqlash axborot berish bilan belgilanadi. Reklamaning maqsadi restoranga keluvchilarda korxona haqida ijobiy fikr uyg‘otishga erishishdir.
Restoran va uning ko‘rsatadigan xizmatlarini reklama qilish uchun turli usullar qo‘llaniladi: lavhalar, vitrina, plakatlar, transparantlar, panno, gazeta, radio, televideniye va b.
Doimiy mijozlarni ko‘paytirish uchun reklama xizmati muhim o‘ringa ega. Restoran uchun reklama tashkilotning vazifasi, ish uslubi, uning muhiti hisobga olinishi shart. Restoranning toifasi qancha yuqori bo‘lsa, reklama uchun shuncha ko‘p mablag‘ sarflanadi. Umumiy ovqatlantirish korxonalarining hammasi uchun bir xil ko‘rinishdagi reklama yaratish mumkin emas, lekin har bir restoran yoki kafe haqidagi reklama tashqi reklamadan boshlanadi. Tashqi reklama axborot berishdan tashqari atrofdagi arxitektura binolari bilan garmonik uyg‘unlashishi, uni to‘ldirishi shart.
Ko‘cha reklamasining eng ko‘p tarqalgan usuli bu lavhalardir. Ular iste’molchilarga ovqatlantirish korxonalari turlari va xususiyatlari bilan tanishtiradi. Lavha - eng avvalo, restoranning tashrif kartochkasidir, tashqi reklamaning muhim qismi bo‘lib xizmat qilishi va ko‘cha bezagi bilan uzviy bog‘lanishi kerak.
Lavha restoranning yuzi bo‘lib, uzoqdan ko‘zga tashlanadigan chiroyli, yorqin, kechki paytlarda xilma-xil chiroqlar bilan kishini o‘ziga jalb qiladigan, restoran ko‘rinishini tanishtiradigan reklama vositalaridan biri. Lavha ikki tilda ya’ni davlat tilida va xorij tiida bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Chunkm mamlakat bo‘ylab sayohat qiladigan har qanday kishi restoran haqida birlamchi ma’lumotga ega bo‘ladi. Lavha original va unda esda qoluvchi nomlar bilan yozilgan bo‘lsa, uning reklamalik xususiyati yanada kuchli bo‘ladi.
Restoranning nomi ko‘pincha mamlakat, shahar, yurtning tarixiy muhim sana nomlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, «O‘zbekiston», «Samarqand», «Bahor» va b.
Hozirgi kunda respublikamizning hamma viloyatlarida restoranga xudud ahamiyatiga ega bo‘lgan nomlar qo‘yilgan.
Binoning arxitektura xususiyatini hisobga olgan holda tashqi qiyofaga moslab lavhalar osiladi. Har ikki tomondan o‘qiladigan lavhalar bo‘ladi. Rangli lavhalar, ayniqsa kechalari shahar husniga husn qo‘shadi. Chiroqlar o‘chib-yonuvchi, go‘yo harakat qiluvchi tarzda o‘rnatiladi. Boshqa binolar orasida restoran reklama bezagi bilan ajralib turadi.
Neon lampasidan foydalangan lavhalar yaratish qimmat bo‘lishi bilan birga eng manzarali, chiroyli ko‘rinadi. Did bilan ishlangan lavha ko‘p yillar xizmat qiladi. Neon lampasidan vitrina va binoning old tomonida foydalaniladi, u qor, yomg‘ir kunlarida, hatto kunduz kunlari ham yaxshi yorug‘lik beradi.
Vitrina - restoranning yuzi, korxonaning o‘ziga xos xususiyati, taomlar harakteri, orkestr repertuari va boshqalar haqida axborotning muhim manbalaridan biri.
Oyna vitrinasi - lavha reklamasini to‘ldiradi va u bilan uzviy bog‘langan holda bo‘ladi. Reklama shunday joylashishikerakki, vitrina yonidan o‘tuvchilar diqqatini o‘ziga jalb qilishi, restoranga kirish ishtiyoqini uyg‘otishi lozim. Vitrina jihozi restoran old tomoni ifodasini bildirishi, taomlar assortimenti, kulinar mahsulotlari qaysi yo‘nalishda ekanligini anglatishi kerak. Vitrina romlariga reklama pannolarini qo‘yish mumkin. Vitrinani qo‘shimchalar bilan to‘ldirish maqsadida gullar, har xil ko‘rinishdagi dekoratsiyalar qo‘yish mumkin. Ba’zi umumiy ovqatlantirish korxonalari firma taomlarini vitrinada ko‘rsatadi yoki tayyorlash usullarini namoyish qiladi. Bu esa mijozlarga restoranning o‘zi haqida, taomlar assortimenti va ko‘rinishi haqida ma’lumotlar tarqalishiga olib keladi.
Lyuks va oliy toifadagi restoranlarda odatda yopiq vitrinalar bo‘ladi. Bu ham chiroyli ko‘rinishga ega. Unda tavsiya qilinayotgan xizmatlar haqida axborot berilib, qisqa yozuvlarda taomlarning sifati aytiladi. Oynalarga tutiladigan pardalar ham restoranning umumiy ko‘rinishiga mos bo‘lishi, chiroy qo‘shishi kerak. Hozirgi zamon restoranlarida vitrina oynalari bir butun ishlanmoqda, natijada restoranning butun old tomoni yaxlit vitrinaga aylanadi.
Yaxlit oyna qo‘yilganda restoran ichidagi bufet, bar, stollar va boshqa bezaklar reklama vazifasini o‘taydi. Ba’zi restoranlarning oyna devorlari tepasiga chiroyli matolardan pardalar osiladi. Ular ostiga restoran xizmati haqida axborot beriladi. Ba’zi restoranlarda oynaga parda tutilmaydi, oyna turli manzarali ranglar bilan bezatiladi.
Restoran reklamasi uchun qo‘shni binolar old tomonidan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Vaqtida ovqatlanish - salomatlik garovi», «Restoranimizdan abonement olsangiz pulingizni va vaqtingizni tejaysiz» kabi yozuvlar bo‘lishi mumkin.
Panno, transporantlar restoran yaqiniga yoki restoranga kirish qismida joylashtiriladi. Agar restoran yaqinda ochilgan bo‘lsa, reklamalar to‘la ma’lumot berishi zarur.
Eng asosiy masala «nimani reklama qilishda», ya’ni eng avvalo umumiy ovqatlantirish korxonasining mahsulotini reklama qilishdadir. Original tarzda ishlangan ko‘zga tashlanadigan ijodiy fantaziyali rasmlar restoranga keluvchilarning e’tiborini tezda jalb qiladi. Ularning mazmuni restoran faoliyatini ifodalaydi. Savdo tashkiloti tavsiya etayotgan firma taomlari, ichimliklari, an’analari va qo‘shimcha xizmatlar reklamada ko‘rsatiladi. Shuningdek, reklamalar plakat shaklida, stendlar, ikki tomoniga yoziladigan, ko‘chirib yuriladigan va boshqa har xil ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Yoqilg‘i qo‘yish shahobchasi va avtobekatlarda plakat reklamalari osiladi. Unda restoranning nomi, masofasi, taomlari haqida ma’lumotlar beriladi. «10 chaqirimdan so‘ng «Bog‘i shamol» restorani, taomlar sifatli va arzon, 30 daqiqada ovqatlanasiz, xush kelibsiz aziz mehmonlar, xizmatingizga tayyormiz» mazmunidagi yozuvlar yo‘lovchilarni befarq qoldirmaydi.
Reklamaning eng muhim qismlaridan biri restoran tamg‘asi (emblema)dir. Restoran tamg‘asi chiroyli harflar bilan yoziladi, rasmi chiziladi. Restoran tamg‘asi reklama materiallariga tushiriladi. Ofitsiantlar ko‘kraklariga taqib yuradilar.
Hozirgi zamon reklamasi gazeta, radio, televideniye orqali ham keng miqyosda tarqatilmoqda. Ommaviy axborot vositalari restoran, kafe, oshxonalar haqida jamoat fikrini shakllantirish qudratiga ega.
Ovqatlanish inson hayotida birlamchi ehtiyoj hisoblanadi. Oziq-ovqat sifatini yaxshilash muammosi va dam olish - insoniyat madaniyatining asosiy muammolaridandir. Oziq-ovqat mahsulotlari miqdori, ta’m xususiyati va assortimenti, o‘z vaqtida va muntazam ovqatlanish - insonning yashashida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi zamon fani taomning miqdor va sifatini hisobga olgan holda ovqatlanishning foydali tamoyillarini, taom iste’mol qilish tartibini ishlab chiqqan. Biroq bu tamoyillar hali keng xalq ommasi hayotiga, har bir oilaga yetib borganicha yo‘q. Buning asosiy sabablaridan biri moddiy ta’minot masalasidir. Ovqatlantirish sohasida targ‘ibot va reklamaning yetarli emasligidadir. Ko‘p odamlar ovqatlanish qoidalarini bilishmaydi, bu haqda noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida salomatligi yomonlashgandagina, eslaydilar. Ishonarli reklama va targ‘ibot ishlarining zaifligi natijasida odamlar vaqtida ovqatlanishni unutadilar, umumiy ovqatlantirish korxonalari tavsiyasini chetlab o‘tib, yurgan yo‘lida va boshqa noqulay sharoitlarda ovqatlanib ketaveradilar. Shunday hollar ham bo‘ladiki, odamlar yoshi, toifasi, ob-havo sharoitiga e’tibor bermasdan haddan tashqari ko‘p ovqat iste’mol qiladilar va buning natijasida kasallanadilar.
O vqatlanish qoidalarining oddiy tartiblarini bilmaslik natijasida ko‘pchilik kishilar hamir ovqatlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qiladi, kechki ovqatda achchiq taomlar yeydi, spirtli ichimliklar ichadi. Bularning hammasi kishi organizmi uchun zarar hisoblanadi. Ovqatlanishni tashkil qilish muammolarini bartaraf etish, umumiy ovqatlantirish korxonalarida qo‘lga kiritilgan hozirgi zamon fani yutuqlarini targ‘ibot va reklama qilishdan iborat. Umumiy ovqatlantirish korxonalari reklamasini to‘g‘ri tashkil qilish aholining oziq-ovqatga bo‘lgan iste’moliga katta ta’sir ko‘rsatadi va uni tegishlicha tartibga soladi.
Foydali ovqatlanish reklamasini tashkil qilishda turli vositalardan foydalanish mumkin - qisqa metrajli filmlar, maxsus diapozitivlar, magnitofilmlar, varaqalar, plakatlar va b.
Reklama xabarlarida umumiy ovqatlantirish korxonalarining tashqi ko‘rinishi, tozaligi, chiroyi, xizmat madaniyati, taomlarning kishi ishtahasini ochadigan xususiyatlari ko‘rsatilishi kerak. Ovqatlanishning estetik sharoiti ham aholi ovqatlanish madaniyatining jiddiy o‘sish omili hisoblanadi. Reklamaning muomala harakteri ham aholining turli qatlamlariga turlicha bo‘lishi kerak. Odamlar yashayotgan xududning ob-havosi, geografik sharoitlari e’tiborga olinishi ularning o‘ziga xosligi, odamlari, milliy xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Reklama iste’molchilarga juda yaqinlashishi shart. Iste’molchi kunlik taomning kilokaloriyalari sonini taxminan bo‘lsa ham bilishi lozim. Biroq ko‘pchilik odamlar bunday axborotga ega emas. Shuning uchun umumiy ovqatlantirish korxonalari taomnomasida taom nomi bilan birga uning kaloriya darajasini qo‘yish tavsiya qilinadi.
Quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun restoran reklamasining turli shakllari qo‘llaniladi:

  • restoranda bo‘layotgan yangiliklar haqida restoranga keluvchilar va kelmoqchi bo‘lganlarga axborot berish;

  • mijozlar oldiga yangi taomlarni qo‘yish.

Bu maqsadga erishish uchun «news realize» dan foydalaniladi. Reklama qilinayotgan restoran, uning taomnomasi, xizmatlar va maxsus takliflar haqida esdalik daftarchasi shunday deb ataladi. Esdalik daftarchasi sovg‘a tarzida bezatilgan bo‘lib, mijozlar uni olib saqlab qo‘yadilar, do‘stlariga ko‘rsatib ularni ham shu restoranga borishga tavsiya qiladilar. O‘z navbatida taomnoma ham restoranda reklama vazifasini bajarishi mumkin. Rang-barang qilib, taomlar nomi aniq yozilgan, baholar ko‘rsatilgan taomnoma restoranning xizmat darajasi yuqori ekanligini bildiradi. Taomnoma muqovasida restoran tamg‘asidan tashqari xushbo‘y taomlar rasmi ham ko‘rsatilishi mumkin.
Ba’zi xorijiy davlatlar restoranida restoran tamg‘asi bosilgan patnis, kuldon va taomnoma kartochkasi bo‘ladi. U sovg‘a sifatida beriladi. Bu kamtarona sovg‘alar mijozlar restoranga yana kelib turishini unutmasliklari uchun beriladi.
Xorijiy turistlar shu xududning tarixiy joylariga ko‘proq qiziqishadi. Ularning qiziqishini qondirish maqsadida turli xil reklamalar chiqarilada. Bularga eslatma, prospekt, yo‘l ko‘rsatkichi, yo‘l haritasi va boshqalarni misol qilish mumkin. Mijozlar esdalik uchun reklama sovg‘alarini qiziqish bilan qabul qiladilar va tanish-bilish, do‘stlariga taom, xizmat va boshqalar haqida hikoya qilib beradilar.
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida reklama qanchalik yaxshi bo‘lmasin, har qanday restoranning eng yaxshi reklamasi bu-uning a’lo taomi va yuqori madaniyatidir. Bu vosita reklama uchun ortiqcha harajatni talab qilmaydi, aksincha juda ko‘p foyda keltiradi.



Download 3,44 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Download 3,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Restoran biznesida dizayn va reklama

Download 3,44 Mb.