• Shishadan yasalgan idishlar
  • Billur va shisha idishlar




    Download 3,44 Mb.
    bet78/121
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,44 Mb.
    #120026
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121
    Bog'liq
    1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

    2. Billur va shisha idishlar.


    Lyuks toifadagi va oliy toifa-dagi restoranlarda stollar billur idishlar bilan bezati-ladi va vino-aroq tarqatishda ulardan foydalaniladi.
    Billur idishlar tantanali kechalarda, mehmonlarni qabul qilish paytlari, banketlarda ishlatilganda tengi yo‘q manzara vujudga keladi.
    Billurdan yasalgan mahsulotlar ancha qalinligi, yal-tiroqligi, yorug‘lik aks etishi, musiqiy ohangi bilan ajralib turadi. Misol uchun oq vino, likyorga ishlatila-digan, uncha chuqur bo‘lmagan ryumkalar, chiroyli fujer-lar, mevalar solinadigan vazalar.
    Shishadan yasalgan idishlar ikki usulda tayyorlanadi: puflab ichiga dam berib va presslanib. Dam beriladigan idishlar devorlari yupqa bo‘ladi, asosan rangsiz, yalti-roq oynalardan yasaladi. Presslangan idishlar devorla-ri puflanganga qaraganda qalin, rangsiz, rangli shisha-lardan yasalgan, oz miqdorda billurdan ham qilinadi. Shishadan qilingan oshxona idishlari juda ko‘p va xilma-xildir. Suv, vino, salat va boshqalarda foydalaniladi. Billur mahsulotlar, ayniqsa yiriklari, qalinlari, odat-da nur sindiruvchanlik xususiyatiga ega.
    Restoranning kundalik xizmatida ko‘pincha shisha idishlar keng qo‘llaniladi. Rangli shishadan yasalgan idish-tovoq va boshqa anjomlar ayniqsa qo‘l keladi. Un1shg shakl va rangi restoran manzarasiga bezak qo‘shadi. Stol yasatilganda qadah va ryumka tanlanganda quyidagi ma’-lum qoidagi rioya qilinadi: ularning sig‘imi ichimlik quvvatiga mos bo‘lishi kerak, ichimlik qancha kuchli bo‘lsa, ryumkaning sig‘imi shuncha oz bo‘lishi lozim. Stol yasatilganda ularga e’tibor berish kerak

    • likyor uchun ryumkalar (sig‘imi 25—30 sm3);

    • konyak uchun ryumkalar — ichi keng, og‘zi torroq, past bo‘yli, 25 sm3 konyak sig‘adi. Bu ryumkalar konyak bilan birga olib kelinadi;

    • aroq uchun ryumkalar (sig‘imi 50 sm3) — aroq va bosh-qa kuchli ichimliklar uchun;

    • madryana ryumkalari (sig‘imi 75 sm3) — kuchli va de-sert vinolar: portveyn, madera, xeres, muskat, malag va O‘zbekitonda ishlab chiqariladigan har xil vinolar uchun;

    • chet mamlakatlarda ishlab chiqariladigan vinolar uchun turli xil ryumkalar;

    • qadahlar, silindr shaklida (sig‘imi 125 sm3), uzun, shampan va boshqa ko‘piradigan vinolar uchun;

    • fujerlar (sig‘imi 250—280 sm3) — ma’danli va meva suvlari uchun, pivoga ishlatish ham mumkin;

    • pivo krujkalari (sig‘imi 250 va 500 sm3) — ichi keng, og‘zi tor pivo barlarida foydalaniladi;

    • choy ichish uchun stakanlar (sig‘imi 200—250 sm3); __ shisha idish (sig‘imi 100—150 sm3) — meva sharbatari uchun;

      • silindr stakanlar (sig‘imi 300 sm3) — muz solin-

    • gan viski, sodali va muz solingan ichimlik uchun;

      • tagi qalin choy stakani (sig‘imi 200—250 sm3) —

    • kofe uchun;

    • qopqoqli ko‘zacha (sig‘imi 2 l gacha)—suv, kvas va bosh-qa sharbatlar uchun;

    • kompot idishi—shirin ichimliklar uchun;

      • kryushon idishi (sig‘imi 3 l)—kryushon tayyorlab
        berish uchun;

    • rozetka (diametri 90 mm)—qiyom, shakar, limon uchun;

    • qalin shishadan qilingan salat idishi — sirka, o‘simlik yog‘i, gorchitsa, tuz solingan ko‘katli salat uchun;

    • o‘lchov stakani (100, 200 ml) — oq yorqin shishadan, tamg‘aga ega bo‘lishi shart;

    • tuz, qalampir, gorchitsa uchun idishlar;

    • meva uchun vazalar (diametri 200, 240, 300 mm, uzun-ligi 200 mm) — 1, 2, 3 kg gacha meva ketadi. Ular har xil rangda: ko‘k, sariq, qizg‘ish, siyohrang bo‘lishi mumkin, uzun va past bo‘ylibo‘ladi;

    • gullar uchun vazalar (balandligi 10—15 sm);

    • vazalar (sig‘imi 3000 sm3) — kryushon tayyorlash uchun, 10 ta qadahi va quyadigan qoshig‘i bor;

    • qiyom uchun oyog‘i yo‘q vazalar;

    • pecheniy, konfet uchun bo‘yi uzun vazalar;

    • tekis tort, pirojniylar uchun o‘rta bo‘yli vazalar;

    • uzunchoq vaza — meva va yangi sabzavot uchun;

    • sirka, kunjut, kungabaqor yog‘i uchun idish;

    • qopqoqli grafin (sig‘imi 0,25 l va undan ko‘p) — aroq, vino, konyak va alkogolsiz ichimliklar uchun.




    Download 3,44 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121




    Download 3,44 Mb.