|
1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 80/121 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #120026 |
Bog'liq 1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari RejaMetalldan qilingan idishlarga emal va boshqa narsalar bilan buyoq beriladi. Po‘lat idishlarga ham Shunday ishlov beriladi. Pulat idishlarga rux beriladi. Bunday idishlarda mahsulot tuzlash, taom pishirish, ichish uchun suv qaynatish mumkin emas. Ruxlangan idishlarda sovuq suv, o‘simlik yogi saqdash mumkin. Qalay bilan oqartirilgan idishlar oq, tunukadan yoki qora po‘lat tunukadan tayyorlangan bo‘ladi, qo‘rg‘oshin bilan qoplanadi. Bularda sut-qatiq, mahsulotlari saqlash, suv qaynatish mumkin emas, mahsulotni buzadi, choyning maza tusini uzgartiradi. Bu idishlarni xatto qattiqroq poroshok bilan yuvish ham tavsiya etilmaydi.
Zanglamaydigan po‘lat va xromnikel eritmasidan tayyorlangan idishlar gigiyenik talabalarga javob beradi. Bu materiallar yuqori zangbardoshligi, kimyoviy turg‘unligi, taomga zararsizligi, organik kislota yuqori bo‘lsa ham taomga zararli moddalar ta’siri bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Asosan suyuq, taomlar tayerlash va ularni saqlashda qo‘l keladi.
Jez idishlar asosan suv qaynatish, qiyomlar pishirish va boshqa ishlarda ishlatiladi. Bular alyumin va emallangan pulat idishlarga qaraganda juda chidamli. Jez idishlarga organiq qislota, sut, yog‘ va boshqa mahsulotlar ta’sir qiladi. Shuning uchun taom tayerlash, suv qaynatishga muljallangan jez idishlarning ichi qalayi bilan ishlanadi. Qiyom pishiriladigan idishlarga qalayi suvi yuritilmaydi, qanddagi, mevalardagi organik kislota jez eritilishiga yul qo‘ymaydi. Kam ishlatiladigan jez idishlar vaqt o‘tishi bilan qorayadi va ko‘k dog‘lar bilan qoplanadi.
Cho‘yan idishlar asosan taomlarni qovurish uchun ishlatiladi. Ular qora tusda chiqariladi, bir tomoni yoki ikki tomoni ham shisha emal bilan qoplanadi. Kopa cho‘yandan yasalgan idishlarning sirtqi tomoni dagalroq bo‘ladi. Shuninguchun ehtiyot bo‘lib ishlatish kerak, aqs xolda zang-lash xollari yuz berishi, organizm uchun zarar bo‘lmasa ham, taomning maza va rangiga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari temir tuzi vitaminlarni yemiradi. Emal-langan chuyan idishlar gigiyenaga mos, organiq qislota, ishqor, tuz ta’siriga chidamli. Emali quchgan idishlardan taom tayyorlashda foydalanish mumkin emas. Chuyan idishlarni ham xuddi po‘lat va emallangan idishlar singari tozalanadi. Eng yaxshisi bunda osh sodasi ishlatilishi ma’qul.
|
| |