|
Xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha
|
bet | 39/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 22. Xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha:
a)Xizmat ko‘rsatish cheklangan do‘konlar-avvaldan tanlangan tovarlar bilan savdo qiladi;
b) to‘liq xizmat ko‘rsatish yuqori do‘konlar — obro‘li do‘konlarga nufuzli tovarlarni sotish uchun taklif qilinadi va xaridorga qidirish,taqqoslash, har qanday masalada yordam, tanlashda maslahatlar beradi.
3. Savdo xizmati ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra:
a) do‘konda sotish;
b) tovarni pochta yoki telefon orqali buyurtma bilan sotish;
c) elektron savdo;
d) tarqatib sotish;
e) savdo avtomatlari orqali savdo.
4.Tovar assortimenti bo‘yicha:
a) ixtisoslashgan do‘konlar;
b) universal do‘konlar;
c) kundalik ehtiyoj mollari do‘konlari;
d) keng tarmoqli universal do‘konlar.
5. Iste’mol koorperativlari – bu chakana savdo qiluvchi do‘konlar bo‘lib, ularni iste’molchilarning o‘zlari boshqaradi va egalik qiladi (ko‘proq oziq – ovqat bozorlarida). Ko‘pincha iste’molchilarning o‘zlari do‘konlarda ma’lum vaqt ishlab beradi, bu esa savdo narxini sezilarli pasaytirish imkonini beradi.
6. Savdo kooperativlari– mustaqil do‘konlar tarmog‘i bo‘lib, odatda,
tovarlarni bitta ta’minotchining o‘zidan xarid qiladi. Ularning afzalligixaridorlarning ko‘z oldida, ularni ancha past narxlar bilan jalb etuvchi (yetkazib beruvchidan xarid qilinganda, miqdori uchun chegirmalar hisobidan) yirik savdo tarmog‘ini yaratishi.
7. O‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlari – kundalik ehtiyoj tovarlarini
realizatsiya qiladi.
Chakana savdo taqsimlashning barcha bo‘g‘inida o‘nta xaridordan yettitasi u yoki bu tovar foydasiga, aynan ularning taqdim etilgan assortimentlarini ko‘rish, tovarning xarid qiymatini baholash va be vosita asosiy do‘konning o‘zida taqqoslash kerak bo‘lsa, maslahat so‘rab, sotuvchiga murojaat qilishi savdoni amalga oshirishning isbotiga aylanadi. Aynan chakana savdo xaridorlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi, turli tovar va markalarga ularning ta’sirini ko‘radi va yangi kombinatsiya va tovar guruhlarini tuzib, tovarning tez sotilishini boshqaradi.
Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar tovarlar va xizmatlar bevosita yakuniy iste’molchilarning shaxsan iste’mollari uchun sotish bo‘yicha hamma turdagi faoliyatni bajaradilar.
Chakana savdo do‘konlarida xaridor muomalasini boshqarish merchendayzing deyiladi. Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar orqali, kam qismi to‘g‘ridan – to‘g‘ri marketing, shaxsiy savdo va savdo avtomatlari yordamida sotishni o‘z ichiga oluvchi do‘kondan tashqari chakana savdo yo‘li bilan olib boriladi. Chakana savdo qiluvchi tovarni ulgurji savdodan yoki ishlab chiqaruvchidan sotib oladi.
|
| |