|
-Mavzu Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida sifatni boshqarish
|
bet | 40/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 210-Mavzu Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida sifatni boshqarish
Reja:
1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi
2. Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti
3. Xizmatning sifati iste’molchi nuqtai nazarida
4. Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish tizimi
5. Mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish
6. Sifat nazorati turlarining mazmuni va tasnifi
7. Sifat nazoratini yo’lga qo’yishda RADAR logic usulidan foydalanish
10.1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi
Asoslangan mehnat normalari ish joylarining tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi uchun mehnatni normalash, ishlab chiqarish jarayonining elementlarini, ish vaqti sarfini va jihozlardan foydalanish vaqtini puxta o’rganish taqozo qilinadi.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda, mehnat va tibiiy jarayonlarning mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va h.k.) bilan chambarchas bog’liq holda amal qilishi natijasida xom ashyodan ma’lum bir turdagi tayyor mahsulotning yaratilishi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayonida xodimlar mehnat qurollaridan foydalanganlari holda xom ashyoga, materiallarga, yarimfabrikatlarga va h.k.larga ta’sir ko’rsatadilar, oldindan o’ylab, ularni o’zgartiradilar va tegishli mehnat mahsuliga aylantiradilar. Bu jarayonda mehnat predmeti bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi. Ularning har biri ishlab chiqarish jarayonining bir qismini ifoda etadi. Mehnat predmetini o’zgartirishning butun bir jarayoni singari, ayrim juz’iy jarayonlar ham mehnat predmetini o’zgartiradi, bu odatda, texnologik jarayon deb ataladi. U ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayondan tashqari, transport va tekshirish (nazorat) jarayonlari ham bo’ladi.
Transport jarayoni tayyor mahsulotlarni, mehnat qurollarini, xom ashyolarni ortish, tashish va tushirishdan iborat.
Tekshirish (nazorat) jarayoni ishlab chiqarish elementlarini, xom ashyolarni va pirovard mahsulot sifatini tekshirish hamda maxsus joylarda sinab ko’rishdan iborat.
Korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bir-birlaridan tayyorlab chiqariladigan mahsulotlarining xarakteri, ishlatiladigan xom ashyolari va mahsulot tayyorlash (xizmat ko’rsatish) texnikaviy usullari va shu bilan birga, tashkil qilish shakllari jihatidan farq qiladi.
Shunday qilib, buyum (detal) ishlab chiqarish jarayoni – tashkiliy jihatdan bir-biri bilan bog’langan juz’iy jarayonlar majmuidir. Bu jarayonlar asosan quyidagilardan:
a) ishlanish darajasi, turli bosqichda asosiy va yordamchi materiallarni olish, ularning saqlanishini va bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga tashilishini nazorat qilish jarayonidan;
b) har bir ish joyini ishga yoki xizmat ko’rsatishga shay qilib qo’yish va bu erda ish davom etishiga shart-sharoit yaratish uchun kerakli asbo-uskunalar bilan ta’minlash jarayonidan;
v) texnologik jarayon, ya’ni predmetining shaklini, hajmini, tashqi va ichki ko’rinishini, xususiyatini va holatini o’zgartirish natijasida tayyor mahsulotga aylantirish yoki ayrim bo’laklarni bir butun (uzel, agregat, buyum) qilib yig’ish yo’li bilan bevosita mahsulot tayyorlash jarayonidan;
g) qismlar va tayyor buyumlarning, ularga qo’yilgan talablariga muvofiq ishlangan-ishlanmaganligini, yig’ilgan-yig’ilmaganligini aniqlash uchun texnikaviy nazoratni tashkil etish va sinovdan o’tkazish jarayonidan;
d) tayyor mahsulotni, qismni maxsus idishlarga joylash yoki taxlash va ehtiyot qilib saqlash jarayonidan iborat.
|
| |