• Mehnatga ko’nikish 2 yo’nalishni, ya’ni boshlang’ich va ikkilamchi ko’nikishni o’z ichiga oladi.
  • Personalni rejalashtirish
  • 1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja




    Download 1,19 Mb.
    bet45/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Kadrlarni rejalashtirish – bu, odamlarga zarur vaqtda kerakli miqdordagi ish o’rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va ishlab chiqirish talablariga muvofiq ta’minlab berish.
    Personal bilan ishlashning tezkor rejasi maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida axborotlar to’plash asosida tuziladi.
    Personalni jalb etish – ikki asosiy manba, ya’ni personalni jalb qilishning ichki va tashqi manbalari hisobiga ehtiyojni qondirishdir.
    Mehnat ko’nikmasi – bu, personalning tashkilot bilan o’zaro hamkorligi jarayonida ularning o’zaro moslashuvi.
    Mehnatga ko’nikish 2 yo’nalishni, ya’ni boshlang’ich va ikkilamchi ko’nikishni o’z ichiga oladi.
    Personalga ta’lim berishni rejalashtirish xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni nazarda tutgan holda, ishlovchilarning o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish, tashqi mehnat bozoridan yuqori malakali kadrlar izlamaslik imkonini beradi.
    Ish joyida ta’lim berish – bu, ish joyining o’zida xodimning boy tajribaga ega bo’lgan murabbiy tomonidan ishni to’liq o’zlashtirib olgunga qadar o’qitilishi (o’rgatilishi) bilan bog’liq bo’lgan holatdir.
    Ish joyidan tashqarida ta’lim berish esa xodimlar ma’ruzalar o’qish, seminar va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish, tajriba almashish guruhlarini tashkil etishni ish joyidan tashqarida tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan holatdir.
    Personalni rejalashtirish — personalni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, personalga umumiy va qo’shimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir.
    Personalni rejalashtirishning asosiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

    • xo’jalik faoliyati strategiyasiga taalluqli kadrlar masalalari va ehtiyoji (tashqi va ichki)ni aniqlash;

    • xo’jalik faoliyati yuritish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan kadrlar masalalari va investitsiyalarini belgilash;

    • kadrlar bo’yicha dasturlarning xo’jalik faoliyatini yurgizish umumiy strategiyasiga muvofiqligini kafolatlash;

    • personal bilan ishlash yordamida korxona raqobat bardoshligini, uning samaradorligini oshirish;

    • personalning ortishi yoki uni qisqartirish bilan bog’liq rejalarni amalga oshirish.

    Personalni rejalashtirish maqsadlari tashqi muhitni (imkoniyatlar va xavf) tahlil etish, kompaniya yoki firma kuchli (ojiz) tomonlarini tahlil etish, kompaniya yoki firma qo’llab-quvvatlayotgan shaxsiy guruxlar manfaatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishni taqozo etadi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda turli mamlakatlarda rejalashtirishda o’ziga xoslikni farqlash mumkin. Jumladan, Yaponiya kompaniyalarida yangiliklarni joriy etish mukammalligiga urg’u berilsa, Buyuk Britaniyada — resurslar taqsimoti, Amerika Qo’shma Shtatlarida esa barcha bo’linmalar strategiyasini birlashtirish hamda resurslar taqsimoti birinchi o’ringa qo’yiladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

    Download 1,19 Mb.