|
Xalqaro uchishlarni tashkil qilish. Asosiy talablar
|
bet | 37/69 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 278,35 Kb. | | #152731 |
Bog'liq 1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni RejaXalqaro uchishlarni tashkil qilish. Asosiy talablar
O’zbekiston chegarasini kesib o’tgan har qanday havo kemalari va shuningdek boshqa davlatdan havo transportida uchishni bajarish xalqaro uchish deb qabul qilinadi.
Xalqaro uchishlar doimiy, jadval bo’yicha bajariladigan va jadvalga qo’shimcha (bir marotaba) charter va maxsus uchishlarga bo’linadi.
O’zbekiston fuqaro havo kemalarini xalqaro uchishlari shartlarga muvofiq asosda amalga oshiriladi:
O’zbekiston havo yo’llarida uchishlar xalqaro shartlari asosida, chet davlatlarning kompetent organlari doimiy va bir marotaba uchishni bajarishga berilgan maxsus ruxsatnoma bilan amalga oshiriladi.
Ko’rsatilgan uchishlar "O’zbekiston havo yo’llari" o’rnatgan tartibda beradigan ruxsati bilan bajariladi. O’zbekiston havo kemalarining fuqarolik xalqaro uchishlari, xalqaro trassalar bo’yicha o’rnatilgan, chet davlatlarning tegishli organlari belgilab bergan ruxsatnomalar bo’yicha bajariladi, har qaysi xalqaro uchishni bajaruvchi havo kemasi bortida O’zbekiston Transport (havo) kodeksida ko’rsatilganidek tegishli kema xujjatlariga ega bo’lishi lozim.
O’zbekistondan xalqaro uchishni bajarayotgan o’zbek va chet davlatlarnnng havo kemalari, hamda O’zbekistonning havo bo’shlig’iga kirgandan so’ng ularning qo’nishi xalqaro uchishlar uchun ochiq aeroportlarda, ya’ni chegara qo’shinlari nazorat-ruxsat punktlari va bojxona muassasalari bor joyda o’tkaziladi. Havo kemalari uchishi va qo’nishining boshqa tartibi, mahalliy organlar ruxsati bo’yicha ijozat beriladi. Havo kemalarida, O’zbekistondan ketayotgan va kelayotgan yo’lovchilar va ularning ekipajlari, hamda O’zbekiston havo kemalarida olib ketilayotgan yoki olib kelinayotgan mulklarga pasport, bojxona, valyuta, sanitar, karantin va boshqa chiqish va kirish haqidagi qoidalar, hamda mulkni olib kirish va chiqish va O’zbekiston hududi orqali tranzit qilish qoidalari amal qiladi.
CHarter aviatashishlar
Sayohlik yo’nalishlarida jadvaldan tashqari reyslar ommaviydir. CHarter reyslar - bu buyurtmachi tomonidan aviakompaniyaga yer sharini qaysi bir nuqtasiga uchish uchun samolet ajratishlarini so’rab iltimos qilinishidir. Bu reysning narxi (yoqilg’i xarajati, aeroportlar xizmati va boshqalar), marshruti, tomonlarning javobgarligi xalqaro qoidaning ijara shartlariga muvofiq belgilanadi.
Ba’zi bir mamlakatlarga charter tashishlar ta’qiqlangan. SHuning uchun "O’zbekiston havo yo’llari" kompaniyasining charter bo’limi yo’lovchilarni doimiy reyslarga maxsus tariflar va yaxshigina chegirishlar bo’lgan reyslarga yo’llaydilar. CHarterlardan esa doimiy yo’nalishlar barcha ehtiyojlarini qanoatlantirishi mumkin bo’lmagan yo’nalishlarda foydalanadi. "O’zbekiston havo yo’llarining" charter bo’yicha asosiy mijozlari "O’zbekturizm" MK, "O’zintur", "Sayramtur" va boshqa yirik tur operatorlar xisoblanadi. Bunday hamjihatlik o’zaro foydalidir, chunki "O’zbekiston havo yo’llari"dagi kabi bunday imkoniyatlar (chet elda vakolatxonalari tarmoqlari borligi, aloqalar va boshqalar) boshqa hech qaysi kompaniyada yo’k.
CHarterlar uchun aviakompaniyaning butun aviaparki - TU-134 dan to Boing-767 gacha foydalaniladi. Uchishlarning xavfsizligi kafolatlanadi. CHarterning maqsadlari - ishonchli reys va imtiyozli tariflarni istovchi mijozlarga barcha asosiy xizmatlarini taqdim etish.
Keyingi vaqtlarda O’zbekistonda havo yo’llari orqali turistlarni tashish ancha rivojlandi. Havo yo’llari 1100 shahar va aholi yashash punktlarini bir-biri bilan bog’laydi. Havo yo’llarining umumiy uzunligi yuz minglab kilometrni tashkil etadi. Aeroport mavjud bo’lgan har qanday shaharda O’zbekiston sayyohlari uchun havo yo’nalishlarini tashkil etish mumkin.
Bizning aviatransportimiz jahon havo transportining bir qismi bo’lib, mamlakatlar va xalqlari o’rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni o’rnatishda muhim rol o’ynaydi. Samolyotlar 75 davlatdagi 90 ortiq punktga uchmoqda.
O’zbekiston havo yo’llarining umumiy uzunligi katta masofalarni tashkil etadi. Havo yo’llarida uchish bo’yicha jahonning 100 dan ortiq davlatlari bilan shartnomalar tuzilgan bo’lib, xalqaro havo yo’nalishlarida uchishni «O’zbekiston havo yo’llari aviakompaniyasi» bajaradi. Havo yo’llari orqali sayohatlarni tashkil etish uchun turizm va ekskursiyalar bo’yicha kengashlar, sayohat byurolari, turli sayyohlik firmalari quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:
sayohatning yo’nalishini rejalashtirish va tuzish;
sayyohlik va ekskursiya tashkilotlari bilan tasdiqlangan grafiklar asosida sayyohlik guruhlarini yo’naltirish hamda qabul qilish yuzasidan shartnomalar tuzish;
sayyohlik tashkilotlari va transport tashkilotlari bilan o’zaro aloqalarni amalga oshirish.
Sayyohlarni aviabiletlar bilan ta’minlash ishlarini tartibga solish maqsadida turistik firmalar va aviakompaniyalarning agentliklari o’rtasida sayyohlarni shaharlararo va davlatlararo havo yo’llarida tashish yuzasidan shartnomalar tuziladi. SHartnomada quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
buyurtmalar berish muddati;
kafolatlangan avanslarni to’lash muddati;
aviabiletlarni sotib olish muddati;
guruh aviabiletlarini rasmiylashtirish va turistlar guruhini xisobdan o’tkazishni navbatsiz tashkil etish;
tur guruh raxbarining havo yo’llari kompaniyasi aybi bilan yoki noqulay ob-havo sharoitlari yuzaga kelganda samolyotlarning uchish vaqti chuzilganda uchib ketish vaqtining kechikkanligi sababli turistik tashkilotlar bilan xizmat ko’rsatish grafigini o’zgartirish haqida muzoqaralarni amalga oshirishda xizmat aloqasi kanalidan foydalanish huquqininig kafolatlanishi;
turistik tashkilotlarga aviakompaniyalar yuzasidan kerakli axborotlarni yetkazib berish;
Tomonlarning mulkiy javobgarligi. Tomonlarga zarur bo’lgan xollarda shartnomaga o’zgartirishlar, qo’shimchalar, tuzatishlar kiritish huquqi beriladi. Qilingan o’zgartirishlar, qo’shimchalar yuzasidan kelishmovchiliklar amaldagi qonunlar orqali hal etiladi.
|
| |