|
1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
|
bet | 12/108 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #113285 |
Bog'liq 1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasniflaPortfel investitsiyalar — bu kapitalni xorijiy korxona qimmatli qog’ozlariga (korxona ustav kapitalining 10%dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo’lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi (1.4-rasm).
Ushbu turdagi tadbirkorlik kapitalini olib chiqib ketishning o’ziga xos belgilari 1.2-jadvalda yaqqol namoyish etilgan.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfel investitsiyalar ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikkita holat bilan izoxlanadi:
jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi;
portfel investitsiyalarning yuqori likvidliligi bilan bog’liq afzalliklar.
Portfel investitsiyalar ancha yuqori likvidlilikka ega bo’lib, harakatchan hisoblanadi. Ularni riskli zonadan boylik orttirish engilroq bo’lgan muhitga ko’chirish qiyin emas. Portfel investitsiyalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va professional bilimlarni oshirish uchun katta mehnat talab etmaydi.
Kapitalni olib chiqishning tadbirkorlik shakli ishlab chiqirish jarayonlariga bevosita aloqadorligi tufayli ko’pincha “ikkinchi iqtisodiyot” deb ataladi.
1.4-rasm. Portfel investitsiyalar
To’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalar o’rtasidagi o’ziga xos farqlar quyidagi 1.2-jadvaldaberilgan.
1.2.- jadval
To’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalar o’rtasidagi o’ziga xos farqlar
Belgilar
|
To’g’ridan –to’g’ri xorijiy investitsiyalar
|
Portfel investitsiyalar
|
Olib chiqishning asosiy maqsadi
|
Xorijiy firmani nazorat qilish
|
Yuqori foyda olish
|
Maqsadga erishish yo’llari
|
Xorijda ishlab chiqarishni tashkil qilish va yuritish
|
Xorijiy qimmatli qog’ozlarni sotib olish
|
Maqsadga erishish usullari
|
a) xorijiy firmaga to’liq egalik qilish;
b) aktsiyalar nazorat paketini sotib olish (XVF ustaviga ko’ra kompaniya aktsiyadorlik kapitalining 25 foizidan kam bo’lmasligi kerak)
|
Xorijiy firma aktsiyadorlik kapitalining kamida 25 foizini sotib olish (AQSh, Yaponiya va Germaniyada — 10%)
|
Daromad shaklllari
|
Tadbirkorlik foydasi, dividendlar
|
Dividendlar, foizlar
|
Boshqa shakl — ssuda kapitalining harakati milliy ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita aloqaga ega bo’lmasdan, qabul qiluvchi mamlakatdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga bilvosita ta’sir qilishi mumkin (1.5-rasm).
Ssuda kapitali
Foiz ko’rinishida foyda olish maqsadida berilgan qarzlar, kreditlar va xorijiy banklarga joylashtirilga xorijiy kapital qo’yilmalar
Asosiy shakllari
a) qisqa muddatli ssuda kapitali — 1 yilgacha mudtsatga kreditlar berish;
b) uzoq muddatli ssuda kapitali — 1 yildan ortiq mudtsatga kreditlar berish;
v) xususiy ssuda kapitali — firmalar, banklar va brokerlar tomonidan beriladigan kredit resurslari;
g) davlat ssuda kapitali — davlat va davlatlararo kredit resurslaridan foydalanish.
Keng tarqalgan shakli
Uzoq muddatli ssuda kapitali
Asosiy xususiyati
Uzoq muddatli ssuda kapitali, uzoq muddatli davlat va xususiy xorijiy kreditlar hisobidan shakllanadi
|
| |