1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish




Download 5.9 Mb.
bet1/47
Sana22.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#103055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
muazzam, 27638, Sobirjonova Durdona To‘lqinboy qizi, Toshkent tî‘qimachilik va yengil sanoat instituti, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq (1), Refleks va uning turlari, 0YifX8ca9fRfqjL4h7Rzbfd9lftaH50t (1), Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ., last version, Укув дастури талаблари-09-06-2023, 1-amaliy Kompyuter tizimi administratori va uning imkoniyatlari bilan tanishish, 7-Amaliy mashg\'ulot, texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari, Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv, Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi

1-MODUL. TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH


METODIKASINING UMUMIY MASALALARI
  1. MAVZU. TEXNOLOGIYA TA’LIMI VA TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI.


    1. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining vazifalari. 2.Texnologiya fanini o‘qitishda metodik yondashuv.

3. O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash. 4.Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari.

  1. O’quvchilarda mehnatga munosabatni shakllantirish. 6.Boshlang‘ich texnologiya fani elementlari bilan tanishtirish.



Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ta’lim, ta’lim-tarbiya, mehnat tarbiyasi, texnologiya ta’limi maqsad va vazifalari, texnologiya ta’limi va jamiyat, o`qitishning metodik tizimi, o`qitishning shakl va turlari, boshlang’ich texnologiya elementlari.

Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining alohida o’rni bor. Ushbu o’quv fani o’quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko’nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga xizmat qiladi. Maktabdagi texnologiya ta`limi va tarbiyasining maqsadi: o’quvchilarga mеhnatga muhabbat va mеhnat ahliga hurmat tuyg’usini singdirishdan; o’quvchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, qurilish, transport, xizmat ko’rsatish sohalari asoslari va texnologik jarayonlar bilan tanishtirishdan; o’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida ularda mеhnat ko’nikmalari va mahoratini hosil qilishdan; ongli ravishda kasb tanlashga va boshlang’ich hunar ta`limini olishga undashdan iborat. I.A.Mannopova, R.A.Mavlonova, N.R.Ibragimovalarning umumiy o’rta ta’lim maktablari 4-sinf Texnologiya darsligida texnologiya so’ziga quyidagicha ta’rif berilgan: “Texnologiya” (yunoncha,teche – mahorat, san’at, logos –ta’limot) xom-ashyo va materiallarga tegishli ishlab chiqarish qurollari yordamida ishlov berish yo’llari haqidagi fan .


Texnologiya fani va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktabda butun ta`lim-tarbiya tizimi hamda barcha o’quv prеdmеtlari yordamida hal еtiladi. Bu o’z navbatida, oliy ta’lim tizimida o’qitiladigan texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani oldida muhim maqsad va vazifalarni qo’yadi.
Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati ham muhim hisoblanadi. U o’quvchilarda mehnat turlari haqidagi tushunchalarni shakllantiradi, mehnatga bo’lgan qiziqishni hosil qilib, mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi hamda jamoatchilik hissini tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, o’quvchilarning aqliy jihatdan kamol topib borishlarida zamin yaratadi. Iroda va axloqiy sifatlarni rivojlantirishda ko’maklashadi. O’quvchilarda mehnatga bo’lgan his-tuyg’uning hosil bo’lishi ularda do’stlik, birodarlik, bir-biriga ko’maklashish, jamoatchilik, hurmat- izzatda bo’lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanib, ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Maktabda o’quvchilar texnologiya fanini qunt bilan o’zlashtirib borishlari uchun darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalardan foydalanish kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalarida foydalanish, interfaol usullarni qo’llash, ta’limiy vositalarni va ta’limiy o’yinlarni ta’lim jarayonida tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bular haqida keyingi mavzularda to’liqroq to’xtalamiz .

Download 5.9 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 5.9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish

Download 5.9 Mb.